Genetika va genomika asoslari


«To„mtoq» uchli fragmentlarni birlashtirish usuli


Download 482.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana05.05.2023
Hajmi482.28 Kb.
#1430171
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
151 dil 2

«To„mtoq» uchli fragmentlarni birlashtirish usuli. Restriksiya sayti 
ichida to„g„ri uzish (qaychi singari shartta ikki bo„lakka bo„ladi) xosil qiluvchi 
restriktazalar ta‟sirida «to„mtoq» uchli DNK fragmentlari paydo bo„ladi, ularni 
ham DNK-ligaza fermenti yordamida biriktirish mumkin. Bunday xollarda 
ligirlash reaksiyasi o„ziga xos bo„lib, uning samara darajasi «yopishqoq» 
uchlarni biriktirishga nisbatan bir oz pastroq. Ammo «to„mtoq» uchli 
fragmentlar biriktirishining «yopishqoq» uchli fragmentlarni biriktirishga 
nisbatan afzalligi shundaki, «to„mtoq» uchli bu fragmentlar qaysi restriktaza 
ta‟sirida paydo bo„lishidan qat‟iy nazar, turli restriktazalar tomonidan xosil 
bo„lgan fragmentlar oson birikadi.(1.5.rasm) 
 «Yopishqoq» va «to„mtoq» uchli DNK fragmentlarni biriktirish usuli. 
DNKning «yopishqoq» uchli fragmentlarini fermentativ yo„l bilan “to„mtoq”
uchli DNK molekulasiga biriktirish mumkin. Buning uchun «yopishqoq» uchlar 
«to„mtoq» uchlarga aylantiriladi ya‟ni DNKning faqat bir zanjirli uchastkalarini 
gidrolizlovchi S1 nukleaza fermenti yordamida «yopishqoq» uchlardagi 


nukleotidlar kesiladi yoki DNK polimeraza I yordamida bir zanjirli «yopishqoq» 
uchlaridan ikkinchi zanjir sintezlanadi ya‟ni qo„shimcha nukleotidlar qo„shiladi. 
SHunday usulda «yopishqoq» uchli DNK fragmentlaridan «to„mtoq» uchli 
fragmentlar xosil qilinadi va u boshqa «to„mtoq» uchli DNK fragmentlariga 
DNK ligaza fermenti yordamida birikadi. 
DNK fragmentlari probirkada birlashtirilganidan so„ng, ularni tirik 
hujayralarga kiritish kerak. Buning uchun maxsus vektor molekulalardan 
foydalaniladi. 
Genom revolyusiyasi. 
Genomni taxrir qilish – gen injeneriyasining bir turi bo‟lib, molekulyar qaychilar 
yoki maxsus loyixalashtirilgan endonukleazalar yordamida organizm genomida 
DNK bo‟laklarini olib tashlashi, ko‟chirishi yoki ketma-ket ulashi mumkin. Bu 
nukleazalar genomning ma‟lum bir uchastkasida maxsus ikki zanjirli DNKni uzishi 
mumkin.

Download 482.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling