Genom revolutsiyasi


PZR uskunalari bilan ishlashni tushuntirish


Download 33.95 Kb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi33.95 Kb.
#1531953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
genimika 60 listtt

PZR uskunalari bilan ishlashni tushuntirish.
Odam genomi 3x106genga ega bo‘ladigan bo‘lsa, bu 50000 atrofidagi juft asosga ega bo‘ladi. 
Eukariot organizmlar genetik informatsiyasi yuqorida bir necha bor tilga olinib kelinayotgan ikki zanjirdan tashkil topgan DNKda joylashadi. Struktura genlari hujayra strukturasi va uning metabolizmini ta’minlab turadigan oqsil kodirlovchi genlar regulyator genini ekspressiyasi tufayli nazorat qilinadi va 3 ga bo‘linadi:
1. Mustaqil genlar;
2. Takrorlanuvchi genlar;
3. Klaster genlar.
Kodirlanuvchi bu ketma-ketliklarga intronlar deb nomlanuvchi kodirlanmaydigan ketma-ketliklar ham suqilib olishi mumkin. Bundan tashqari DNKning ma’lum uchastkasida joylashgan ko‘p marta takrorlanuvchi DNK (satellitnoy DNK) va transkripsiyalanuvchi yoki traskripsiyalanmaydigan speyser DNK ham shu genlararo joylashgan bo‘ladi.Mustaqil genlar – bu genlar transkripsiyasi xudi prokariotlarniki singari bo‘lib, transkripsion birliklar ramkasidagi boshqa genlar transkripsiyasi bilan bog‘lanmagan.
Ularning faolligi faqat ekzogen moddalar bo‘lishi gormonlar orqali idora qilinadi.takrorlanuvchi genlar – bu genlar xromosomadagi bir genning bir necha marta takrorlanishida ishtirok etuvchi genlar. Masalan, 5S – RNK ribosoma genii bir necha yuz marta takrorlanishi mumkin. YAdrocha DNKsida mujassamlashgan, 5S – RNK bo‘lgan 5,8S - 18S va 28S – rRNK genlari ham shular jumlasidandir.
Genlar klasteri – bular xromosomaning ma’lum bir uchastkasida (lokusida) mujassamlashgan gruppalari har xil, lekin funksiyalari jihatdan bir – biriga yaqin bo‘lgan genlar yig‘indisi. Klasterlar ham xromosomada tez-tez takrorlangan holda uchrab turadi.
Genni faolligini oshiruvchi (enxanser) va susaytiruvchi (saylenser) ketma-ketliklari ham mavjud bo‘lib, turli regulyator oqsillar bilan hamkorlikda operator funksiyasiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari maxsus regulyator gen va supressor gen turlari bo‘lib, ular sintez qilingan oqsillar operatorini boshqaradi.
TATA blok - Ingliz tilidan tarjima qilingan,molekulyar bioda TATA blokqutisi bu arxeylar va eukariotlardagi genlarning asosiy promotor mintaqasida joylashgan DNk ning ketma ketligi. TATA qutisining baketial gomologi Pribnav qutisi deb ataladi. Va u qisqa konsensus ketma ketligiga ega. TATA qutisi kodlanmagan DNK ketma ketligi hisoblanadi.


Download 33.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling