Pro va eukariot organizmlar xrasomalarining va ulardagi aentromer hamda talomerlar tuzilishi.
Markazda etakchi horijiy ilmiy markaz tajribalariga ega, bioinformatsion texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni puxta egallagan ilmiy xodimlarning faoliyat olib borishi va shular hisobga olingan holda markazda bioinformatika laboratoriyasining tashkil etilganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Markaz ilmiy jamoasi hanuzgacha noaniq bo‘lgan g’o‘za genomidagi rekombinatsion bloklar (ya’ni, avloddan-avlodga ko‘chib o‘tadigan gen allellari to‘plami) o‘lchamlarini topib, zamonaviy tezkor “assotsiativ kartalashtirish” usulini kashf etdi. Natijada g’o‘za genomidagi genlardan foydalanishning yangi imkoniyatlari ochilib, g’o‘zada zamonaviy markerlarga asoslangan selektsiya usullari ishlab chiqildi.
Gen-nokaut yoki RNK interferentsiyasi molekulyar genetika va bioinformatika usullari mahsuli bo‘lib, organizmning belgilangan genlari faolligini to‘xtatish imkonini beradi. Shu tufayli genlari “o‘chirilgan” (nokaut qilingan) organizm vujudga keladi. Bu nukleotid ketma-ketligi ma’lum bo‘lgan genlarning funktsiyasini aniqlashga yordam beradi. Nokaut qilingan va normal organizm namunalari orasidagi farqlar, o‘rganilayotgan gen funktsiyasini ko‘rsatib beradi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining biologik ko‘rsatkichlari – hosildorlik, ertapisharlik, zararkunanda va hasharotlarga chidamlilikning namoyon bo‘lishida ishtirok etuvchi genning tarkibi va funktsiyasi aniqlangandan so‘ng maqsadga muvofiq ravishda ushbu gen faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha uni to‘xtatish mumkin. Markaz olimlari erishgan eng so‘nggi yutuqlardan biri – bu ular tomonidan g’o‘za uchun yaratilgan dunyodagi ilk gen-nokaut texnologiyasidir.
Gen atamasi 1909 yilda Yoxanson tomonidan Mendel faktorlari asosida joriy etilgan. Gen kontseptsiyasi Sutton tomonidan berilgan. Keyinchalik, Morgan, Bridjes va Myuller tomonidan o‘rganilgan va ishlab chiqilgan.
Genning klassik ta’rifi. Gen rekombinatsiya va mutatsiya funktsiyasi birligi (bitta gen bir belgini ifodalaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |