Genom revolutsiyasi


Download 33.95 Kb.
bet6/11
Sana17.06.2023
Hajmi33.95 Kb.
#1531953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
genimika 60 listtt

Ekzon va intronlar
Bioinformatika mustaqil ravishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalar beradi va shuningdek biologiyaning turli sohalarida ishlash uchun sharoit bilan ta’minlaydi.
Bioinformatika bo‘yicha ishning katta qismi biologik axborotni saqlash va uni tahlil qilish uchun ma’lumotlar bazasidan foydalanish texnologiyalari atrofiga jamlangan. Bunday ma’lumotlar bazasi ommabop yoki shaxsiy bo‘lishi mumkin. Ularga ochiq standartlar orqali ommaviy kirish huquqini olish esa muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi ma’lumotlar bazasidan foydalanishga nisbatan bu usullar anchagina keng tarqalgan bo‘lsada biologik axborotlarni tahlil qilish uchun ontologiya va mantiqiy usullardan foydalanish rivojlanib bormoqda.
1.3. Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari. Genomika fanidagi yutuqlar.
Bir qancha xorijiy davlatlarda 20-21 asrlarda genomika jadal suratda rivojlanayotgan dunyo biotibbiyot fanlari sohasiga aylanib bordi. Bioinformatsion texnologiyalar iste’molchilari tadqiqotchilar, fundamental ishlanmalar mualliflari bilan bir qatorda tibbiyot, farmakologiya, biotexnologiya hamda o‘quv muassasalari hisoblanadi. Fanning bu sohasi AQShda va shuningdek boshqa rivojlangan davlatlarda muhim yo‘nalish safatida qaraladi.
Evropa, Osiyo, AQSh hamda Avstraliya davlatlarida bioinformatika markazlari soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bioinformatika bo‘yicha davlat, akademik hamda ta’lim markazlari bilan bir qatorda so‘nggi yillarda sohada olingan tadqiqot natijalardan tijorat maqsadida foydalanishga yo‘naltirilgan sezilarli darajadagi tashkilot va loyihalar yuzaga keldi (3-rasm).
Bu eng avvalo genomlarning, shuningdek odam genomining strukturaviy, funktsional hamda qiyosiy tahlili bo‘yicha faoliyat yurituvchi tashkilotlardir. Genomika sohasi bo‘yicha yaratilgan usullarni qo‘llash bilan birga amaliy muammolarni echish yo‘lida, xususan farmokologiyada texnik hamda dasturiy bazalar jadal suratda rivojlanib bormoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda dasturiy ta’minot sanoati ham takomillashib bormoqda. Bioinfrmatika servis markazlari va resurslari
Mamlakatimizda genomika va bioinformatika fanlarining rivojlanishiga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli dunyo fanida o‘z o‘rniga ega nufuzli ilmiy maktab va muhit shakllantirildi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilib, keng miqyosda xalqaro ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Xususan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida sohada anchagina muvaffaqiyatli dasturlar amalga oshirildi.


Download 33.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling