Genomika tushunchasi va uning tarixi. J


Translyatsiyada instiatsiya, elongatsiya va terminatsiya omillari


Download 45.38 Kb.
bet10/10
Sana05.02.2023
Hajmi45.38 Kb.
#1167330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5362011268825749372

36.Translyatsiyada instiatsiya, elongatsiya va terminatsiya omillari
Initsiatsiya :mRNK ni 5¹-oxirining birinchi kodoni AUG yoki GUG. Bu kodonlar boshlovchi – initsiyatsiyalovchi kodonlar deb atalib, ribosomalardagi translyatsiya har doim aynan ulardan boshlanadi. Bu kodonlarga antikodoni mos keladi. Eukariotlarda ikki turdagi metionil-tRNK bo`ladi. Ulardan biri doim initsiatsiyada ishtirok etadi, ikkinchisi esa elongatsiya jarayonida ishtirok etadi. Prokariotlarda oqsil biosintezi NH2 guruhi formil guruhi bilan blokirlangan formilmetionin-tRNK dan boshlanadi.Bundan tashqari initsiatsiyada kamida uchta oqsilli faktorlar (F1, F2, F3) ishtirok etib, ular ribosoma va GTF ni tashkil etuvchi komponentlariga kirmaydi. Oqsilli faktorlar mRNKning kichik subbirlik va GTF bilan bog`lanishini yengillashtiradi.
Elongatsiya.
Polipeptid sintezi har doim N-oxiridan boshlanadi va C-oxiri bilan tugaydi. Polipeptid zanzirining bitta aminokislotaga uzayishi uch qadamda amalga oshadi:
aminoatsil-tRNK ning bog`lanishi;
transpeptidatsiya (peptid bog`ining hosil bo`lishi);
translokatsiya (mRNK ning bitta tripletga siljishi)
Terminatsiya.
Translyatsiyaning oxirgi bosqichi terminatsiya deb ataladi. Oqsil sintezida polinukleotid zanjiri maxsus terminatsiyalovchi kodonlari UAA, UAG, UGA tripletlaridan biriga tog`ri kelganda uziladi. Bu tripletlar ma’nosiz tripletlar deb ataladi, chunki ularning birortasi aminokislotani kodlamaydi; ularga amber(qahrabo), achre(oxra) va opal(opal) nomlari berilgan.

Download 45.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling