Genomika tushunchasi va uning tarixi. J


Strukturaviy genomikaning maqsadi va usullari


Download 45.38 Kb.
bet7/10
Sana05.02.2023
Hajmi45.38 Kb.
#1167330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5362011268825749372

19. Strukturaviy genomikaning maqsadi va usullari
Maqsadi.Strukturaviy genomika butun dunyo bo'ylab tashabbus bo'lib, oqsil tuzilmalarini aniqlash usullarini yaratish va qo'llashni maqsad qilgan. Strukturaviy genomikaning maqsadlari juda ko'p, shu jumladan har bir qatlam turi uchun kamida bitta strukturani aniqlash, bitta organizmning to'liq strukturaviy tuzulishini tavsiflash va metabolik yoki biomedikal ahamiyatga ega bo'lgan oqsillar tarkibini o'rganish hissoblanadi.
Usullari. De novo usuli , Ab initio usuli , Ketma-ketlikka asoslangan modellashtirish.

20. Funksional genomika va uning maqsadi.
Funktsional genomika – genning funksiyasini, uning hujayrada biokimyoviy va fiziologik jarayonlardagi ishtirokini aniqlash imkonini beradigan genomikaning bir tarmog’idir. Funktsional genomikaning maqsadi biologik tizimning alohida komponentlari qanday qilib ma'lum bir fenotip hosil qilish uchun birgalikda ishlashini aniqlashdir. Funksional genomika ma'lum bir kontekstda, masalan, ma'lum bir rivojlanish bosqichida yoki kasallik paytida gen mahsulotlarini dinamik ifodalashga qaratilgan. Funktsional genomika turli xil hujayralardagi genlar namoyon bo'ladigan vaqt va joyni, genlarni ifodalash darajasini, gen ekspressiyasini tartibga solishni, genlar va uning mahsulotining o'zaro ta'sirini, turli kasalliklarning boshlanishi paytida gen ekspressiyasining o'zgarishini tushunishga yordam beradi.
21. Funksional genomikada foydalaniladigan tadqiqot usullari.
Funktsional genomik tajribalar DNK (genom va epigenom), RNK (transkriptom)dagi o'zgarishlarni yoki namunaning fenotipiga ta'sir qiluvchi DNK/RNK va oqsillar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni o'lchaydi. Funktsional genomikaning umumiy tarmoqlariga quyidagilar kiradi.1.genotiplash2.transkripsiya profilini yaratish,3.epigenetik profillash.4.nuklein kislota-oqsil o'zaro ta'siri.5. meta-tahlil
22. Crispr/Cas texnologiyasi va uni amaliyotda qo’llanishi
CRISP/Cas bakteriyalarning virus DNKsi bilan kurashish uchun himoya vositasi. U ikki qismdan iborat: birinchisi – kalit – u xavfli qulflarga tog’ri tushib ularni tanib oladi, ikkinchisi esa – bolg’a – u qulfni sindirish qobiliyatiga ega. Cas - DNK zanjirini kesa oladigan nukleaza-oqsili (“bolg’a”)RNK-gid – Virus DNKsini tanib oladigan, 20-30 nukleotiddan iborat bo’lgan RNK zanjiri (“kalit”).

Download 45.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling