Geo graf iya
Download 147.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Geografiya 5-sinf
Q e d u rtm _ u z
Respublika Ta'lim Markazi I I I b o b . g e o g r a f i k X A R ITA LA R ШШ 6 - § . A Z IM U T VA M A SO FA N I 0 ‘L C H A S H G e o g r a f ik x a r ita — in soniyatning buyuk k ash fiy o ti. Yer yuzi va uning turli qism larining tabiiy sharoiti, aholisi va uning x o ‘jalik faoliyati geografik xaritalarda tasvirlanadi. Sayyohlar notanish o ‘lkalarda ot-ulovda yuzlab, m inglab kilom etr y o ‘l yurganlar, qayiq va kemalarda dengiz-u okeanlarda suzganlar. Ular k o ‘rgan, o ‘rgangan, k ash f qilgan narsalarni xaritalarga tushirishgan. A garda keng tekis joyga chiqsangiz, siz turgan yer doira shaklda k o ‘rinadi. Doira shakldagi tekislikning chetida osmon bilan Yer tutashib turgandek tuyuladi (15-rasm). Ana shu osmon bilan Yer tutashgan chiziq u fq deb ataladi. Sizdan ufqqacha b o ‘lgan doira shakldagi tekis yer ufq tekisligi deyiladi. D arslik n in g « Q u y o sh , o y v a y u ld u z la r » m av zu sid a u fq n in g 4 ta asosiy va 4 ta oraliq tom oni ham da b u lard an bosh q a m ayda oraliq tom onlari borligi haqida aytib o ‘tilgan edi. Lekin har bir joyda y o ‘nalishlar ju d a k o ‘p. Chunonchi, siz turgan joydan biror uy yoki daraxtga tomon y o ‘nalish to ‘ppa-to‘g ‘ri shim olga emas, biroz sharqqa yoki janubi-sharqqa b o ‘lsa, Siz bu y o ‘nalishni qanday aniqlaysiz? Ana shunday vaqtda azimut yordam beradi. 15-rasm. Ufq, ufq l0l tekisligi. Ufq tekis- Sh.- shq ligining asosiy va 23 oraliq tomonlari. J- shq. G E O G R A F IK XARITALAR G E O G R A F IK XARITALAR A zim u t. X o ‘sh, azim ut nim a? A z im u t - joy d ag i ikki y o ‘nalish orasida hosil b o ‘lgan burchak. Bu y o ‘nalishlardan biri doim shimolga, ikkinchisi esa biz aniqlashim iz lozim b o ‘lgan predm etga (biror da- raxtmi, quduqmi yoki uzoqda joylashgan uymi) y o ‘nalgan b o ‘ladi (16- rasm). Azimut kom pas yordam ida aniqlanadi. Azimut shimolga y o ‘nalishdan boshlab soat m illari harakati y o ‘na- lishi b o ‘yicha hisoblanadi (16-rasm ga e ’tibor bering). R asm da da- raxtga y o ‘nalish azimuti 45° ga, k o ‘prikga y o ‘nalish azimuti 125° ga, stadionga y o ‘nalish azimuti 225° va uyga y o ‘nalish azimuti 310° ga teng ekanini k o ‘rasiz. M asofani o ‘lchash. Biror joyning planini tuzayotganda masofalarni o ‘lchashga to ‘g ‘ri keladi. Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi m aso fan i m etr y o k i ru le tk a y o rd am id a o ‘lch ash m um kin. L ekin boriladigan joygacha b o ‘lgan m asofani yoki tabiatdagi ikki predm et oralig‘ini qadamlab o ‘lchash qulay. M asofani qadam lab o ‘lchash uchun o ‘z qadam ingizning o ‘rtacha uzunligini b ilishingiz zarur. Q adam ning o ‘rtach a uzunligini bilish uchun avval 100 m etr(m) m asofani ruletka bilan o ‘lchab olish kerak. edurtm_uz 24 16-rasm. Azimutni kompas yordamida aniqlash. Keyin shu m asofani odatdagicha qadamlab yurib, necha qadam ekani aniqlanadi. Aytaylik, Siz 100 m masofani 200 qadamda bosib o ‘tdingiz. E ndi 100 m ni 200 ga b o ‘lasiz. 100 m - 10000 san tim etr (cm ). 10000 : 200 = 50 cm. Demak, Sizning har bir qadamingizning uzunligi 50 cm, y a ’ni yarim m etrga teng ekan. K attaroq m asofalarni o ‘lchaganda qadamni juftlab hisoblash kerak. Bunda chap oyoq qadamini sanasangiz, sanoq qancha b o ‘lsa, m asofa shuncha m etr b o ‘ladi. Ikki nuqta orasidagi uzoq m asofani, masalan, ikki qishloq orasidagi m asofani uni bosib o ‘tish uchun sarflangan vaqt orqali ham taxm inan aniqlash m um kin. B unda o ‘rtach a tezlik d a qadam tash lab piyoda yu rad ig an odam b ir soatda o ‘rtach a 5 k ilo m etr y o ‘l bosib o ‘tishi m um kinligini unutm aslik lozim. M asofani y a s a m a o ‘lch o v g ‘i ld i r a k y o rd am id a o ‘lch asa ham b o ‘ladi. Bunday g ‘ildirakni tunukadan q o ‘lda yasash ham mumkin. Buning uchun qalin tunukadan diam etri 32 cm qilib, doira shaklda g ‘ildirak qirqib olinadi. G ‘ildirak uzunligi 1 m etrli dastakka ayla- nadigan qilib mustahkamlanadi. Bu g ‘ildirakning bir aylanishi 1 metrga teng. G ‘ildirakning biror yeriga qattiq plyonka yopishtirib q o ‘yilsa, g ‘ildirak har bir to ‘liq aylanganda o ‘qqa tegib, ovoz chiqaradi. Siz uning yordam ida g ‘ildirak necha m arta aylanganini hisoblab borasiz (17-rasm). A z im u t b o ‘y ic h a y u ris h . Sizga yak k a turgan daraxtdan 40° li azimut b o ‘yicha 200 m, so‘ngra 180° li azimut b o ‘yicha 500 m va 330° azimut b o ‘yicha 300 m yurish topshirildi deylik. Azimut b o ‘yicha yurganda ishni quyidagi tartibda boshlash kerak. A vvalo, y a k k a d a ra x t y o n ig a b o rilad i. S o ‘ng k om pas strelk a sin i b o ‘shatib, uning shimol uchini 0° nuqtasiga to ‘g ‘rilanadi. Keyin cho‘p edurtm_uz 17-rasm. Yasama o ‘lchov g ‘ildirak. 25 G E O G R A F IK XARITALAR G E O G R A F IK XARITALAR olib (gugurt cho‘pi b o ‘laveradi), uni kom pas ustiga shunday q o ‘yish kerakki, cho‘p strelka m arkazi bilan 40° li belgini tutashtirsin. Shunda cho‘p y o ‘nalishi 40° li azimut y o ‘nalishini k o ‘rsatadi. Sizning o ‘rtacha qadamingiz yarim m etr edi. Endi, Siz 200 m yurish uchun 400 qadam tashlaysiz. Keyin to ‘xtab kompasni yana oriyentirlaysiz, y a ’ni shimolni k o ‘rsatuvchi strelkani 0° ga keltirasiz. S o‘ng cho‘p bilan 180° belgini strelka m arkazi bilan tutashtirib, 180° li azimutni topasiz va kerakli m asofani yurib o ‘tasiz. K eyingi azim ut b o ‘y ich a y u rish ham shu tartibda bajariladi. edurtm_uz Tayanch so‘z va tu sh u n ch alar K om pas u fq u fq tom onlari a z im u t M etr R uletka Yasama o‘lchov g‘ild irak Q adam lab o‘lchash 1. Ufq deb nimaga aytiladi? Ufq tekisligi nima? 2. Azimut deb nimaga aytiladi? Azimut qaysi asbob yor- damida aniqlanadi? 3. Ufq tomonlarini kompas yordamida va mahalliy belgilar- ga qarab qanday aniqlash mumkin? 4. Xurshid va A ziza o‘z uylaridan maktabgacha bo‘lgan masofani o‘lchamoqchi bo‘lishdi. Buning uchun Xur shid yasama o‘lchov g‘ildirakdan, Aziza esa qadamlab o‘lchashdan foydalandi. Aytingchi, ularning qaysi biri masofani o‘lchashda nisbatan aniqroq natijaga erishadi? Nima uchun? 5. Uyingizdan yaqindagi savdo do‘koni yoki bekatgacha bo‘lgan yo‘nalish azimutini ufqning asosiy va oraliq to- monlaridan foydalanib aniqlang. So‘ngra yasama o‘lchov g‘ildirak yoki qadamlab o‘lchash yordamida uyingizdan savdo do‘koni (yoki bekat)gacha b o ‘lgan m asofani aniqlang. 6. Abror uyidan kutubxonagacha bo‘lgan masofani 45 da- qiqa vaqt ichida bosib o‘tdi. Ushbu ma’lumotdan foyda lanib, Abrorning uyi va kutubxona orasidagi masofani aniqlang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling