Geo graf iya


Orollar — hamma tomondan okean,  dengiz, ko‘l, daryo suvlari bilan o‘ralgan  kichik quruqliklar. Parallel


Download 147.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/63
Sana14.11.2023
Hajmi147.82 Kb.
#1772147
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63
Bog'liq
Geografiya 5-sinf

Orollar hamma tomondan okean
dengiz, ko‘l, daryo suvlari bilan o‘ralgan 
kichik quruqliklar.
Parallel — xaritalar va globusda Yer 
ekvator chizig‘iga parallel qilib o‘tka- 
zilgan aylana chiziqlar.
Passat shamollari subtropik va 
tropik mintaqalardan ekvatorial mintaqa- 
ga tomon esadigan doimiy shamollar.
Pasttekislik — quruqliklarda balandligi 
dengiz sathidan 200 metrgacha bo‘lgan 
tekisliklar. Masalan, Turon, G‘arbiy Sibir 
pasttekisliklari.
Qatlamlar orasidagi suv — ikkita 
suv 
o‘tkazmaydigan 
qatlam 
orasida 
joylashgan g‘ovak tog‘ jinslari qatla- 
midagi suv. Bunday suv bosimli bo‘ladi.
Qirlar — usti yassi yoki salgina gum- 
bazsimon balandliklar, tepaliklar. Baland­
ligi dengiz sathidan 200 m dan 500 m 
gacha bo‘ladi.
Qirov — erta bahor, kech kuzda va 
qishda havo harorati 0°C dan pasayib 
ketishi natijasida tuproq, o‘simlik va 
boshqa predmetlar ustini qoplaydigan 
juda mayda muz zarrachalari.
Qit’a — yirik quruqlik va uning atro- 
fidagi orollar. 6 ta qit’a bor: Osiyo, Yev- 
ropa, 
Amerika, 
Afrika, 
Avstraliya, 
Antarktida.
Qor chizig‘i — tog‘larda yozda erimay 
qolgan qorlarning pastki chegarasi. Issiq 
o‘lkalardan sovuq o‘lkalarga tomon pasa- 
yib boradi.
Qutbiy doiralar Shimoliy va Janubiy 
yarim sharlarda 66,5° kengliklardan o‘tka- 
zilgan parallellar. Bu parallellarda yozda 
1 sutka Quyosh botmaydi, qishda esa 
1 sutka Quyosh chiqmaydi.
Qutb kuni — Yer qutblarida yoz faslida 
6 oy Quyosh botmaydi. Shunday Quyosh 
botmaydigan davr qutb kuni deyiladi.
Qutb tuni Yer qutblarida qish faslida 
6 oy davomida Quyosh ko‘rinmaydi.
Quyosh chiqmaydigan shunday davr qutb 
tuni deyiladi.

Download 147.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling