TERMIN VA TUSHUNCHALARNING IZOHLI LU G ‘ATI
Antarktika — Janubiy qutb atrofidagi
sovuq o‘lka. Chegarasi 50—60° janubiy
kengliklarda joylashgan. Bu mintaqaga
Antarktida materigi va uning atrofidagi
orollar kiradi.
Arktika — Shimoliy qutb
atrofidagi
sovuq
o‘lka.
Quruqliklar
o‘simliksiz
sovuq sahrolardan iborat.
Artezian quduq — suvi yer yuzasiga
o‘zi oqib chiqadigan quduq. Ba’zi joylarda
suv favvora bo‘lib otilib chiqadi.
Asr — vaqt o‘lchov birligi. 1 asr yuz
yilga teng.
Atmosfera — Yerni o‘rab olgan havo
qobig‘i. Azot, kislorod, karbonat angid-
rid va boshqa gazlarning aralashmasi-
dan iborat, yuqori chegarasi 2000 km
balandlikdan o‘tadi.
Aysberg — sovuq o‘lkalardagi dengiz
va okeanlarda suzib yuradigan muzlar.
Quruqliklardagi muzlardan uzilib tushib
hosil bo‘ladi.
Azimut — kuzatuvchidan shimolga
yo‘nalish bilan mo‘ljallangan predmetga
yo‘nalish orasidagi burchak. Soat mili
yo‘nalishi bo‘yicha aniqlanadi.
Azot — atmosfera havosida eng ko‘p
(78 %) tarqalgan gaz.
Balandlik shkalasi — tabiiy xaritalarda
yer yuzasining dengiz sathidan qanchalik
balandligini bildiruvchi shartli belgi.
Batiskaf — chuqur suv ostiga tusha-
digan
apparat (qurilma).
Dengiz va
okeanlarning chuqur qismlarini o‘rga-
nishda qo‘llaniladi.
Bazalt — Yer po‘stining chuqur qismida
tarqalgan tog‘ jinsi. Yer yuziga vulqon-
lardan suyuq holda oqib chiqib qotadi.
Bergshtrix — xaritalarda yer yuzasi
ning qiya tomonini ko‘rsatuvchi belgi
(chiziqcha). Gorizontallarga qo‘yiladi.
Biosfera — Yerning hayot qobig‘i.
Atmosferaning
quyi
qismini,
gidro-
sferaning hammasini va Yer po‘stining
yuza qismini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |