Geodeziya fanidan
-rasm. Kvadrat kataklar yasash
Download 1.21 Mb.
|
213-guruh komiljon
1.1.2-rasm. Kvadrat kataklar yasash.
Nol bilan belgilangan chiziqchadagi nuqtaga chizg‘ich nol nuqtasini tutashtirib, u qog‘oz chap qirrasiga parallel holda o‘rnatiladi va birinchi hamda oxirgi teshikchalarning yo‘nilgan qirrasi bo‘yicha 0 va 5' bilan belgilangan chiziqchalar chiziladi. So‘ngra chizg‘ichning nol nuqtasini 5 nuqta bilan tutashtirib, chizg‘ich diagonal yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yiladi va chizg‘ichni yo‘nalgan uchini 5' chiziqcha bilan kesishtiriladi. Natijada 0, 5, 5' raqamlar bilan belgilangan to‘g‘ri burchakli uchburchak uchlari topiladi. So‘ngra chizg‘ichning nol nuqtasini 5 nuqta bilan tutashtirib, u qog‘oz o‘ng qirrasiga parallel qo‘yilib, oxirgi teshikcha qirrasidan 5"chiziqcha chiziladi. Chizg‘ich nol nuqtasi qog‘ozdagi 0 nuqtaga qo‘yilib, diagonal 0 — 5" bo‘yicha yo‘naltiriladi va chizg‘ich uchi yo‘nalgan qirrasi bilan 5" chiziqcha kesishtiriladi. 6 Shunday qilib, burchak uchlari 0, 5, 5" nuqtalardan iborat ikkinchi to‘g‘ri burchakli uchburchak hosil bo‘ldi. 0, 5, 5' va 0, 5',5" uchburchaklar qo‘shilib, tomonlari 50x50 sm, uchlari 0, 5', 5", 5 nuqtalardan iborat kvadratni tashkil etadi. Bajarilgan ishlar to‘g‘riligini tekshirish uchun chizg‘ichning nol nuqtasi 5' nuqta bilan tutashtirilib, qog‘ozni yuqori qirrasiga parallel qo‘yilsa, uning oxirgi teshigining yo‘nilgan qirrasi bilan 5" nuqta tutashishik Bunday maxsus chizg‘ich qo‘l ostida bo‘lmasa, oddiy yo‘l bilan kvadrat kataklar to‘rini hosil qilishi mumkin. Buning uchun olingan qog‘oz varaqining qarama-qarshi burchaklaridan oddiy chizg‘ich bilan diagonal chiziqlar o‘tkaziladi. Ularning kesishgan nuqtasi 0 dan boshlab to‘rtta burchaklarga qarab qabul qilingan uzunlikdagi kesimlar qo‘yib chiqiladi va A, B, C va D nuqtalari topiladi (2.2.3-rasm). Bu nuqtalarni tutashtirib, to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak hosil qilinadi. A nuqtadan B nuqtaga qarab ko‘ndalang masshtabdan sirkul yordamida aniq o‘lchab olingan 10 sm ga teng kesim ketma-ket qo‘yib chiqilib nuqtalar belgilanadi (2.2.3-rasm). So‘ngra sirkulda olingan o‘sha 10 sm li kesim A nuqtadan boshlab D nuqtaga qarab birin-ketin qo‘yilib, nuqtalar belgilanadi. Xuddi shu tarzda DC tomon D nuqtadan, BC tomon esa B nuqtadan boshlab oldingiday kesimlarga bo‘linadi. Јarama-qarshi tomonlardagi teng nuqtalardan chiziqlar o‘tkazilib, 10x10 sm bo‘lgan kvadrat kataklar hosil qilinadi. Ularning tengligini tekshirish yuqoridagi kabi bajariladi. 7 Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling