Geodeziya fanidan
To‘g‘ri burchakli koordinatalar (perpendikulyarlar) usuli
Download 1.21 Mb.
|
213-guruh komiljon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.1-rasm. Tafsilotlarni s’yomka qilish usullari.
To‘g‘ri burchakli koordinatalar (perpendikulyarlar) usuli. Bu usul teodolit yo‘li tomoni yaqinida joylashgan yo‘l, daryo, imorat va shunga o‘xshashlarni s’yomka qilishda qo‘llaniladi. Teodolit yo‘lining tomoni abssissa o‘qi, nuqtasi esa bosh nuqta va s’yomka qilinadigan inshoot nuqtasidan abssissaga tushiriladigan perpendikulyar chiziqlar uzunligi ordinata deb olinadi.
Masalan, 1.2.1-rasmda berilgan 1 — 2 chiziqning 1-uchi koordinata boshiga, 1 — 2 chiziq esa abssissa o‘qiga qabul qilinadi. Uning yaqinida joylashgan daryoni s’yomka qilishda, burilish nuqtalari a, b, c, d lar o‘rni quyidagicha topiladi. 1 — 2 chiziq bo‘ylab lenta tarang tortib qo‘yiladi va unga a nuqtadan perpendikulyar tushiriladi. Hosil bo‘lgan 1 — a' kesim lenta bo‘yicha aniqlanadi, a — a' esa ruletka bilan o‘lchanadi. Lentani 1 — 2 chiziq bo‘yicha birin-ketin qo‘yib, unga keyingi b, c va dnuqtalardan perpendikulyarlar tushiriladi vategishli 1.2.1-rasm. Tafsilotlarni s’yomka qilish usullari. 12 kesimlar oldingiday o‘lchanadi (1 — a', 1 — b', 1 — c' va 1 — d' qiymatlar oshib boradi, rasmga qaralsin). Qutbiy koordinatalar usuli. 1.2.1-rasmda boshlang‘ich yo‘nalishga 3 — 4 tomon, bosh nuqtaga esa 3-nuqta qabul qilinsa, j, k, n, m, f nuqtalarni s’yomka qilish uchun 3 nuqtaga teodolit o‘rnatiladi, gorizontal doira sanog‘i 0°00' ga to‘g‘rilanib, ko‘rish trubasi 4-nuqtaga qaratiladi. Limb mahkamlanadi va alidada bo‘shatilib truba k-nuqtadagi reykaga qaratiladi va limbdan sanoq olinadi, ipli dalnomer bilan masofa o‘lchanadi. Keyin truba n-nuqtaga qaratilib xuddi oldingiday o‘lchashlar bajariladi va hokazo. Oxirida truba 4-nuqtaga qayta qaratiladi va gorizontal doiradan olingan sanoq tekshiriladi, u 0°00' bo‘lsa, limb doirasi qo‘zg’almagan bo‘ladi. Bu nuqtalarni planga tushirishda transportirdan foydalanish uchun limbdan olingan sanoqlar 5' ga yaxlitlanib olinadi. Nuqtalargacha bo‘lgan masofa ipli dalnomerda o‘lchanishi uchun 1:5 000 masshtabdagi s’yomka uchun qiymati 150 — 200 m dan oshmasligi kerak, 1:10 000 masshtab uchun esa 250 m gacha olinadi. O‘lchash natijalari maxsus jadvalga yoziladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling