1.1.4-rasm. Tafsilotlar s’yomkasi abrisi.
Burchak kesishtirish usuli bilan s’yomka qilingan nuqtalarni planga transportir va chizg‘ich yordamida tushiriladi. Bunda burchaklar qaysi tomondan boshlab o‘lchangan bo‘lsa, transportir bilan o‘sha tomondan o‘lchab qo‘yiladi.
Shunday qilib, planga chegaralari tushirilgan tafsilotlar tegishli topografik shartli belgilar jadvaliga asosan chizib chiqiladi (2.2.5-rasm).
Planning ramkasi va ramkadan tashqari yozuvlari ham xuddi shu shartli belgilar jadvalining talabi asosida bajariladi.
Yakuniy chizilgan plan rangli (qora, ko‘k, jigar rang va yashil) tushda chizib chiqiladi. Perpendikulyarlar uzunligi va ularning asosigacha o‘lchangan masofalarni uchburchak va oddiy chizg‘ichlar yordamida ko‘ndalang masshtab va sirkul yordamida o‘lchab qo‘yib, tafsilot nuqtalari planga tushiriladi.
10
1.1.5-rasm. Tafsilotlar plani.
O‘lchangan qutbiy burchaklarni qog‘ozda yasash uchun transportir markazi teodolit o‘rnatilgan nuqtaga, uning nol diametri esa joyda boshlang‘ich yo‘nalish qilib olingan tomon bilan tutashtirib olinadi. Har bir tushirilgan burchakni chegaralovchi yo‘nalish bo‘yicha teodolit o‘rnatilgan nuqtadan boshlab tegishli masofalar masshtabda qo‘yilib topilgan nuqtalar bo‘yicha tafsilot chegarasi chizib ko‘rsatiladi. Shundan keyin joyda s’yomka qilingan tafsilotlar planga yo‘l nuqtalari va tomonlaridan tegishli o‘lchangan qiymatlarni o‘lchab qo‘yib tushiriladi. Bunda dala s’yomkasida olib borilgan abrisdan foydalaniladi (3.3.4-rasm). Perpendikulyarlar usuli bilan s’yomka qilingan tafsilot nuqtalari esa planga sirkul, chizg‘ichlar (oddiy va uchburchak) hamda ko‘ndalang masshtab yordamida tushiriladi.
11
I-BOB. Teodolit s’yomkasini mohiyati
1.2 Joy tafsilotlarini s’yomkasini bajarishda qo‘llaniladigan usullar
S’yomka qilinadigan joydagi tafsilotlar shakliga, chegaralarining murakkabligiga, uzoq yoki yaqinligiga qarab quyidagi usullardan biri qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |