Geodeziya, kartografiya va kadastr
Download 364.56 Kb.
|
Muhamadali
Deformasiya sabablari.Yuqorida koʻrsatilgandek, poydevorlardeformasiyasi unga tabiiy va texnogen faktorlar taʼsiri natijasida yuzaga keladi.Tabiiy faktorlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
1) togʻ jinslarining turli xil injener-geologik va gidrogeologik hodisalarga moyilligi; 2) togʻ jinslarining sovuqda muzlash va muzlangan jinslarning erishi; 3) gidrometrik sharoitning oʻzgarishi, koʻp yillik harorat, namlik va er osti suvi sathining oʻzgarishi. Texnogen faktorlarga quyidagilar kiritiladi: 1) inshootning oʻz ogʻirligi taʼsiri; 2) yer osti suvlarining sunʼiy ravishda koʻtarilish va pasayishi sababli togʻ jinslarining xususiyatini oʻzgartirishi; 3) yer osti ishlari natijasida poydevorning zaiflashishi; 4) binoga qoʻshimcha qavat qurilishi yoki yonidan yangi bino barpo etilishi natijasida, poydevorga boʻlgan bosim (kuch) oʻzgarishi; 5) turli xil agregatlar ishlashi, transportlar harakati sababli tebranishi. Shular bilan birga inshoot deformasiyasiga poydevor shakli, oʻlchamlari va mustahkamligi ham taʼsir qiladi. Kotlovan tagi boʻrtishi va choʻkishi voronkasi oʻlchamlarini aniqlash. Kotlovan tagi boʻrtishini oʻrganish.Poydevor siljishini kuzatish, qurilish kotlovanidan tabiiy bosim (tuproq qatlami) olib tashlangandan keyin, uning tag qismi boʻrtishini oʻrganishdan boshlanadi. Chuqur kotlovanlar qazilganda togʻ-jinslariga boʻlgan tabiiy bosim oʻzgaradi va buning natijasida kotlovan tag qismida koʻtarilish kuzatiladi. Kotlovan tagi boʻrtishini kuzatishdan maqsad turli xil nuqtalardagi koʻtarilishni taʼriflovchi maʼlumotlar yigʻishdir.Bu maʼlumotlar poydevorning keyingi choʻkishi haqida kengroq oʻrganishga imkon beradi.Katta gidrotexnik inshootlar qurilishida 20-50 m chuqurlikda kotlovanlar qaziladi. Bunday kotlovanlar tag qismining boʻrtish qiymati bir necha santimetrdan 20-30 sm gacha borishi mumkin.Qurilish maydonidagi kotlovanlarning koʻtarilish qiymatini oʻlchash uchun avvaldan belgilangan joyda quduq qaziladi va unga maxsus konstruksiyadagi marka oʻrnatiladi. Quduqlar geodezik asos punktlari bilan geodezik bogʻlanadi va koordinatalari aniqlanadi. Kotlovanni qazishda oldingi va keyingi holatlarda markaning aniqlangan koordinatalari farqi boʻrtish qiymatini koʻrsatadi. Koʻtarilish kotlovanning markazida kattaroq boʻlib, uning chekka qismlarida kichikroq boʻladi.Choʻkish voronkalarini oʻlchamini aniqlash.Inshootlar qurilishi jarayonida choʻkish nafaqat ularning pastki qismida, balki ular atrofida ham sodir boʻladi.Bu xodisa yer qatlamini unga qurilgan barcha inshootlar bilan birga choʻkishiga olib keladi.Bu yerdan choʻkish voronkasini chegaralarini aniqlash, bino atrofida yuz berishi mumkin boʻlgan turli hodisalarning olidini olishga imkon beradi. Muhim hisoblangan choʻkish voronkalari yer osti inshootlarini, ayniqsa katta tunellar, plotinalar va boshqa gidrotexnik inshootlar qurilishida yuzaga keladi. Choʻkish voronkalari oʻlchamlarini aniqlashda va ularning keyingi oʻsishini xarakterlash uchun qurilish obʼektiga yaqin joylashgan bino poydevorlariga nivelir markalari oʻrnatiladi. Markalar balandligini aniqlash bir nechta bosqichda nivelirlash asosi punktiga nisbatan bajariladi. Birinchi va oxirgi bosqich II sinf nivelirlash orqali bajarilishi maqsadga muvofiq. Birinchi bosqich yer ishlari boshlanishidan oldin amalga oshirilishi kerak. Nivelirlash ishlaridan tashqari yer osti suvining sathini, jinslarning namligi va boshqa faktorlarini kuzatib borish zarur. Download 364.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling