Geodeziya, kartografiya va kadastr


Download 364.56 Kb.
bet6/8
Sana15.06.2023
Hajmi364.56 Kb.
#1485664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhamadali

fxl(mm)=1,0 n,

bu yerda n- stansiyalar soni.
Yer inshootlari, hamda kuchli siqiladigan tuproqlarda barpo qilinadigan inshootlar choʻkishini kuzatish III sinf nivelirlash usulida bajarilishi mumkin. Bunda H3 va Ni 007 turdagi nivelirlar va ikki tomonlama santimetr boʻlakli reyka qoʻllaniladi. Nivelirlash ikkita asbob gorizontida, bitta yoʻnalishda bajariladi.Vizirlash nuri uzunligi 40 m dan oshmasligi kerak. Vizir chizigʻi balandligi 0,3 m dan kichik boʻlmasligi, nivelirdan reykalargacha boʻlgan masofalar farqi 2 m dan oshmasligi, ularning nivelirlash yoʻlidagi yigʻindisi esa 5 m dan oshmasligi kerak. Nivelir yoʻlining bogʻlanmaslik cheki quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:

fxl(mm)=2,0 n,

bu yerda n- stansiyalar soni.


Oʻlchash natijalarini qayta ishlash odatdagiday, nivelirlash aniqligini baholash natijalariga va tenglashtirishdan olingan tuzatmalarga asosan amalga oshiriladi. Choʻkish jarayonini aniq koʻrsatish uchun boʻylama va koʻndalang oʻqlar boʻylab profil tuziladi .(1 – rasm) poydevor markalarining birgalikdagi grafiklari (.2 – rasm), harakat va yer osti suvlarining oʻzgarish grafiklari tuziladi.



1-rasm. Choʻkish jarayoniga oid



2-rasm. Poydevor markalariga oid
Choʻkish va poydevorlarda yoriqlar paydo boʻlishini aniq tasavvur qilish uchun poydevor va yer osti suvlarining haroratini kuzatish natijalariga ega boʻlish talab etiladi.
III-BOB. ASOSIY QISM
3.1 Kurs ishining asosiy vazifasi
Bino va inshootlar deformatsiyalanishini geodezik kuzatishni tashkil etishning asosiy bosqichlari.
Hozirgi kunda mamlakatimizda bino va inshootlardan samaraliy foydalanish, rivojlangan mamlakatlardan investorlarni jalb qilish va bino inshootlarni ishlab chiqarishga berishgan katta ahamiyat berilmoqda. Kurs ishini bajarishda biz xorijiy investorlarga beriladigan bino va inshootlarni deformasiyasini aniqlashimiz lozim boʻlmoqda. Loyiha boʻyicha qurilgan inshootlar vaqt oʻtishi bilan turli sabablarga koʻra oʻz oʻrnidan vertikal yoki gorizontal tekislik boʻyicha choʻkish yoki ogʻish tufayli birmuncha oʻzgaradiki, bu deformasiya deyiladi.Deformasiya qurilish davrida yoki inshoot bitgandan keyin foydalanish davrida boʻlishi mumkin. Deformasiyani kuzatish inshoot turiga va oʻzgarish tavsifiga qarab vaqt–vaqti bilan olib boriladi.Buning uchun inshoot yaqinida maxsus maydon ajratilib, unda reper va mustahkam belgilar oʻrnatiladi, inshootning siljishini fototeodolit orqali


Download 364.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling