Geodeziya, kartografiya va kadastr


III BOB. ASOSIY QISM…………………………………………


Download 364.56 Kb.
bet2/8
Sana15.06.2023
Hajmi364.56 Kb.
#1485664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhamadali

3. III BOB. ASOSIY QISM………………………………………….







3.1- Kurs ishining asosiy vazifalari …………………………………




3.2 -Kurs ishining asosiy xisob kitob qismi………………………...
3.3-Hudud bino – inshoot to’g’risida ma’lumot……………………
4. Xulosa……………………………………………………………….
5. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………
I-Bob.Kirish
1.1 Mustaqillikka erishganidan soʻng Respublikamiz istiqlol yoʻlini tanlab, sanoatda,qurilishda,ishlab chiqarish va xalq xoʻjaligining boshqa koʻpgina tarmoqlarida barqaror ilmga asoslangan rivojlanishni talab etmoqda. Bu xususda Oʻzbekistonning dovrugʻini jahonga taratayotgan va iqtisodiyotini rivojlantirishda katta xissasi boʻlgan tarixiy yodgorliklarni saqlash, taʼmirlash va kelgusi avlodlarga oʻzholicha yetkazib berish maqsadida ularni geodezik usulda suratga olish muammosi ulkan bilim va tajribani taqozo etadi.
Maxsus oʻlchash vositalari va usullari zamon talablarini eʼtiborga olib, fan-texnikaning soʻnggi yutuqlariga tayangan holda ishlab chiqarilmoqda.
Taʼkidlash joizki, geodeziya oʻz rivojlanishi mobaynida yangidan-yangi maʼnokashfetdi: zamonaviy lazerli va electron geodezik asboblarga, zamonaviy texnologiyalarga, geo-dezik oʻlchash va suratga olish usullariga hamda oʻlchash va suratga olish natijalarini qayta hisoblash usullariga ega boʻldi. Shu bilan birgalikda koʻpgina boshqa muhandislik fanlari geodeziyaning yordami va yutuqlariga tayanib kelmoqdalar.
Zamonaviy geodezik oʻlchash ishlari sanoat korxonalarida, qurilishda, ishlab chiqarish korxonalarida va xalq xoʻjaligining boshqa turli sohalarida sa’noat va fuqaro qurilishida, yoʻllar, bino-inshootlar, truboprovodlar, kanallar, aerodrom, stansiya va boshqa obʼektlarning oʻrnini aniqlash, ularning plan va kartalarda oʻrnini belgilash, loyihalarini chizish va ularni joyga koʻchirish, qurish, ulardan foydalanish, tarixiy yodgorliklarni geodezik usulda suratga olishda,tarxiy yodgorliklarni tamirlash maqsadida ularning geometrik o’lchamlarni aniqlashda va tarxiy yodgorliklarda sodir bo’ladigon burilish,egilish,siljish,og’ish va boshqa turdagi deformatsiyalarni aniqlashda qo’llaniladi.Bu ishlarni barchasida injinerli geodeziyasi fani ahamyati katta hisoblanadi.
Injenerlik geodeziyaning xalq xoʻjaligidagi turli sohalarda bino, yoʻl, kanal, aerodrom, stansiya kabi injenerlik inshootlari oʻrnini aniqlash, ularni plan, karta va profilda loyihalash, joyga koʻchirish va qurish hamda undagi oʻzgarishlarni kuzatish ishlariga doir oʻlchash usullarini oʻrganuvchi maxsus boʻlimi injenerlik geodeziyasi deyiladi.
Demak, injenerlik geodeziyasi geodeziya fani qoidalarini turli injenerlik inshootlari barpo etishga doir oʻlchash ishlariga tatbiq etish yoʻllarini oʻrganadi.Shunga koʻra, texnikaviy oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan geodeziya fani, koʻpincha, injenerlik geodeziyasi nomi bilan yuritiladi.
Yer yuzasining katta qismini qogʻozda taʼsvirlashning qoida va usullarini oʻrganuvchi fan kartografiya deb ataladi.
Aviatsiyaning taraqqiy etishi bilan geodeziyaning sʼyomka (planolish) ishlarida joyni havodan suratga olish usuli qoʻllanila boshladi; bu usul qoidalarini oʻrganuvchi fan aerofoto – geodeziya deyiladi.
Yerning sunʼiy yoʻldoshidan turib, Yer shaklini aniqlash va yer yuzasi suratini olish usullarini oʻrganuvchi fan kosmik geodeziya deb ataladi. Yer massasida uzluksiz boʻlib turgan geologic va geofizik hodisalar yer shakli va yuzasining oʻzgarishiga taʼsirsiz qolmaydi. Shunga koʻra, hozirgi geodeziya fanining vazifasi yer yuzasida boʻladigan hodisalarni statikaviy holdeb qaramay, balki murakkab dinamikaviy prosess deb qarab, geofizika va gravimetriya fanlari yutuqlari asosida geodinamik polygon usulini tatbiq etib tadqiqot ishlari olib borishdan iboratdir.
Davrimizda sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda keng koʻlamda jadal olib borilayotgan turli qurilish ishlari, masalan, temir va tosh yoʻllar oʻtkazish, kanal qazish, katta kichik binolar, toʻgʻon, aerodrom, turli stansiyalar kabi inshootlar qurish injenerlik geodeziyasi oldiga katta, murakkab va masʼuliyatli vazifalar qoʻymoqda; bular geodeziya fanining turli ixtisosliklarga boʻlinib oʻsishiga undadi, yangi ish usuli va yangi asboblar yaratilishiga katta yordam berdi va bermoqda.
Injenerlik geodeziyasi fani qishloq xoʻjaligini planlashtirishga doir yer tuzish ishlarida, harbiy ishlarda, mamlakat boyligini aniqlashda, meliorasiya, oʻrmon xoʻjaligi kabi muhim sohalarda keng qoʻllaniladi .Harbiylar «karta armiya koʻzi» deyishadi.Karta esa geodezik oʻlchash natijalari asosida chiziladi.

Har qanday qurilish ishi geodeziyaga oid oʻlchash ishlari bilan boshlanadi, davom etadi va tugaydi. Masalan, kanal qazish yoki yoʻl oʻtkazish uchun avval shu inshoot oʻtishiga moʻljallangan joy kartada belgilanadi, keyin u bilan joyda tanishiladi (bu ish rekognossirovka deyiladi), yoʻlning oʻq chizigʻi aniq belgilanadiki, inshoot qurish uchun moʻljallangan bu joy trassa deyiladi. Trassaning oʻqchizigʻi belgilanib joysʼyomka qilingach, nivelirlanadi.Oʻq chizigʻi profile chizilib, loyiha chiziqlari oʻtkazilgach, ish otmetkalari hisoblanadi.Soʻngra loyihadagi nuqtalar otmetkalari boʻyicha joyga koʻchiriladi.Shundan keyingina qurilishishi boshlanadi.


Injenerlik geodeziyasining boshqa fanlarga munosabati. Injenerlik geodeziyasi fani matematika, astronomiya, geografiya fanlari bilan bir vaqtda va chambarchas munosabatda taraqqiy etdi. Geodezik asboblar nazariy jihatdan fizika qonunlari asosida yasaladi, oʻlchash natijalari matematik qoidalar boʻyicha hisoblanadi. Yer yuzasi a nuqtalar oʻrni geografik va astronomik koordinatalar boʻyicha belgilanadi. Yer shakli va uning oʻzgarishidagi prosesslarni oʻrganishda geofizika va geologiya kabi fanlardan foydalaniladi. Hozirgi davrda geodeziya fani mexanika, avtomatika, elektronika fanlari bilan va, hatto, kosmik kuzatish natijalari bilan ham bogʻliq holda taraqqiy etmoqda.
Injenerlik geodeziyasi fani tarixidan qisqacha maʼlumot. Injenerlik geodeziyasi qadimiy fan boʻlib, kishilik jamiyati yashash sharoitining talabiga koʻra vujudga keldi, unga moslanib taraqqiy etdi va etmoqda. Tarixiy obidalar va arxeologik qazilmalarda topilgan noyob qoldiqlar tasdiqlashicha qadimiy Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy, Yunoniston (Gretsiya), Oʻrta Osiyo va boshqa mamlakat xalqlari oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun dehqonchilik qilish va sugʻorish kanallari qazish, turli bino va inshootlar qurish, ekin va bino joylarini oʻzaro taqsimlash kabi hayotiy masalalarni yechishda geodezik oʻlchash ishlarini tatbiq etganlar. Masalan, miloddan ilgari Misrda Nil daryosining toshishi natijasida oʻgʻitlangan nam yerlarning dehqonlar (falloxlar) orasida boʻlinishi geodeziya fanining dastlabki ishlaridan biri ekanligi ehtimoldan xoli emas.



Download 364.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling