Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Tabiatdan oqilona foydalanishning geoekologik


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

4.2. Tabiatdan oqilona foydalanishning geoekologik 
xususiyatlari
Tabiatni muhofaza qilishda avvalambor shaxs, jamiyat, 
davlat va hamjamiyatning tabiatga nisbatan qarashlari 
aniqlaniladi, unga mos ravishda siyosat ishlab chiqiladi va 
tegishli huquqiy me’yorlar qabul qilinadi. Kishilik jamiyati 
tarixda tabiatga nisbatan qanday munosabatda bo‘lganligi, 
qandayligi va qanday bo‘lishi lozimligi ekologiya fanining 


68
yuzaga kelishi, rivojlanishi va istiqbollarini belgilab bermoqda.
Chunki Yer sayyorasida sodir bo‘layotgan tabiiy jarayonlarning 
deyarli 90 foizida inson faoliyatining mahsuli aks etmoqda. 
Bu jarayonlarni doimo ham ijobiy deb bo‘lmaydi. Chunki 
organizmlar uchun xavfsiz muhit, jumladan, insonlarning 
muhim hayotiy manfaatlari, avvalambor, toza, sog‘lom va 
qulay tabiiy sharoitga ega bo‘lish huquqini to‘la qondirishga 
qodir bo‘la oladigan atrof tabiiy va ijtimoiy muhit holati 
inqiroz va falokat tomon intilib bormoqda
11
. Uning oldini ol-
maslik o‘zini o‘zi o‘limga mahkum etish bilan barobardir
12
.
Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan munosabat shakli
– 
muyyan davrdagi kishilarning atrof tabiiy muhitga uzviy bog‘lan-
gan hayot tarzi. Agar jamiyatni tabiatga nisbatan muno-
sabatlarini insoniyat tarixi nuqtayi nazaridan qaraganda uni 
quyi 
dagi shakllarga ajratish mumkin: oddiy, oddiy-iqtisodiy, 
iqtisodiy, iqtisodiy-ekologik, ekologik.
Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan oddiy munosabat 
shakli
ekologik tizimni buzmaydigan kishilarning soddalashtiril-
gan hayot tarzi. Garchand ibtidoiy kishilik jamiyati formatsi-
yasi odamlarning Yer kurrasida paydo bo‘lishidan (5–6 mln. 
yil avval) to sinfiy jamiyat yuzaga kelguniga qadar bo‘lgan ijti-
moiy tarixni o‘z ichiga oladi. Ibtidoiy jamoada ishlab chiqarish 
kuchlari va mehnat qurollarining takomillashmaganligi uchun 
ham ularning hayot tarzi tabiatning bir qismi sifatida kechgan. 
Tabiiy muhit holati esa organizmlar, xususan, odamlar uchun 
nisbatan qulay darajada bo‘lgan.
Ekolog huquqshunos olimlar
13
jamiyatning tabiatga bo‘lgan 
munosabat shakllarini uch ko‘rinishda ifoda etadilar
– oddiy, 
iqtisodiy va ekologik. Lekin jamiyatda, ayniqsa, tabiat 
11 
А.Nigmatov. O‘zbekiston Respublikasining ekologiya huquqi. – Т.: G‘аfur G‘ulom 
nomidagi nashriyot, 2003. – 5–23-б.
12 
И.Каримов. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқа-
рорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Т.: «Ўзбекистон», 1997.
13 
В.В.Петров. Экологическое право России. – М.: «Бек», 1997. – С.8.


69
qonun va qonuniyatlarining vaqt mobaynida o‘zgarib borishi 
inqilobiy tarzda emas, balki evolutsion tarzda kechmoqda
14

Shuning uchun ham kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan 
munosabatlari evolutsion tarzda shakllana 
borgan va u bir 
shakldan ikkinchi bir shaklga bosqichma-bosqich o‘tgan, ya’ni 
oraliq ko‘rinishdagi shakllarda (oddiy-iqtisodiy, iqtisodiy-
ekologik) ham bo‘lgan, deya e’tirof eta olamiz. 

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling