Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Uyg‘unlik
– insonlarni tabiat va jamiyat qonuniyatlarining o‘zaro mu-
vofiqlashtirgan tarzda faoliyat olib borishga yo‘naltirilgan hayot tarzi.
Birinchidan, agar yoritilayotgan masala insonlarning tabi-
atga nisbatan yo‘naltirilgan munosabat shakllariga qaratilgan 
bo‘lsa
– atrof tabiiy muhit so‘zlar birikmasini ishlatish maqsad-
ga muvofiq. Chunki insonlarni nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy
iqtisodiy, psixologik, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy va 
shunga o‘xshash turli muhitlar o‘rab turadi. Ushbu muhit-
lardan tabiiysini ajratib olish maqsadida biz uni «atrof tabiiy 
muhit» so‘zi orqali ifoda etishni to‘g‘ri, deb bilamiz.
Lekin atrof tabiiy muhitning keskin o‘zgarib ketishi ma’lum 
bir hudud yoki mintaqalarda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, 
psixologik, ma’naviy-ma’rifiy muhitlarni ham o‘zgartirib yubori-
shi mumkin. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy 
Yevropada sanoat gurkirab o‘sdi, ushbu mintaqada aholi haddan 
ziyod ko‘payib, jamiyat va davlatning iqtisodiy-siyosiy talablari 


65
tabiat qonuniyatlarini inkor eta boshladi. Natijada, atrof tabiiy 
muhit izdan chiqdi, insonlarning yashashi og‘irlashdi, kasal-
liklar ko‘paya boshladi va shuning uchun ularning aksariyatida 
tabiiy muhit nisbatan saqlanib qolingan Amerika, Avstraliya, 
Yangi Zelandiya kabi sivilizatsiya «oyog‘i yetmagan» qit’a va or-
ollarga odamlar ko‘chib keta boshladilar. Buni sezgan jamiyat, 
davlat va hamjamiyat sardorlari XX asrga kelib Yevropada ij-
timoiy munosabatlarda sanitar-gigiyenik talablarni kuchaytirish, 
qonunlar va sanoat ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish, zid-
diyatli davlatlararo munosabatlarni ekologiya fani orqali «til 
topishga» undadi. Oqibatda «Ekologiya» degan fan yuzaga keldi 
va u xalqaro miqyosga olib chiqildi. Chunki inson bilan tabiat 
o‘rtasidagi «kelishmovchilik» nafaqat atrof tabiiy muhitga, bal-
ki ma’lum darajada davlatlarning ichki va tashqi siyosiy, iqti-
sodiy, ijtimoiy va hattoki, axloqiy munosabatlariga salbiy ta’sir 
eta boshladi. Shuning uchun ham «Xalqaro ekologiya huquqi»da 
xalqaro hamjamiyat tomonidan «atrof tabiiy muhit» iborasi 
«atrof-muhit» degan ibora bilan almashtirildi.
Ikkinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‘rganish yoki 
tadqiqot obyekti bo‘lib jamiyat, inson, fuqaro yoki shaxs ham-
da ularning jamoasi hisoblanadi. Shuning uchun ham ular in-
son va tabiat o‘rtasidagi munosabatni «insonlarni o‘rab turu-

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling