Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Xalqaro geoekologik-huquqiy mexanizm zanjirining «hal qa»-


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Xalqaro geoekologik-huquqiy mexanizm zanjirining «hal qa»-
lari quyidagilardan iborat:
 
– ekologik xavfsizlikni geotizimlar doirasida ta’minlovchi 
xalqaro geoekologik-huquqiy me’yorlarini qabul qilish;
 
– xalqaro tabiat va inson munosabat normalar ijrosini ta’min-
lovchi geoekologik-huquqiy hujjatlarni tezkor ravishda ishlab 
chiqish;
 
– kafillik normalarini yaratish;
 
– geoekologik-huquqiy munosabatlarni tashkillashtirish.
Ekologik xavfsizlikni geotizimlar doirasida ta’minlovchi 
xalqaro huquqiy me’yorlar
qat’iy (imperativ) normalardan 
iborat. Ular globallashuv davrida ekologik siyosatni mujassam-
lashtirgan tarzda ifodalanadi. Ekologik xavfsizlik esa kishilar-


77
ning hayotiy ehtiyojlarini qondira oladigan toza, sog‘lom va 
qulay atrof tabiiy muhit holatidir.
Xalqaro tabiat va inson munosabat normalar ijrosini 
ta’minlovchi geoekologik-huquqiy hujjatlarni tezkor ravishda ish-
lab chiqishXalqaro shartnomalarda imperativ normalarni ken-
gaytirilgan tarzda milliy geoekologik qonunlarda ifodalash. 
Ushbu me’yor va qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Tabi-
atni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida yaqqol ifoda etil-
gan bo‘lib, ular to‘rt ko‘rinishdagi normalardan iborat: prinsip, 
birlamchi, imperativ, kafillik.
Kafillik normalarini yaratish davlatlar va ularning tegishli 
organlari o‘rtasida yuzaga keladigan, yagona geoekologik 
maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan harakatlarni 
muvofiqlashtirishga qaratiladi. Masalan, transchegaraviy suv 
obyektlaridan foydalanish muayyan darajada ekologik xavfsizlik 
talablarini bajarish orqali olib bori 
ladi. Bu talablar hamma 
davlatlardan yagona maqsad sa ri o‘z rejalarini tuzish va ularni 
tatbiq etishga undaydi. Aks holda davlatlarning hayotiy zarur 
ehtiyojlarini qondirish imkoniyati bo‘lmaydi.
Geoekologik-huquqiy munosabatlarni tashkillashtirishda dav -
lat larning yangi energiya manbalarini yaratish na faqat muay-
yan millat yoki elatdan, balki mintaqaviy subyektlardan ham
barcha xalqaro jamiyatdan ham, va hatto 
ki, davlatlarning 
ekologik ongi hamda madaniyatiga ta’sir etuvchi huquqni 
muhofaza qiluvchilardan ham hamjihatlikni, ularning bir 
paytda va o‘zaro kelishil 
gan tarz 
da harakat qilishlarini talab 
etadi. Bu esa yagona xalqaro mintaqaviy geoekolo gik-huquqiy 
mexanizmning ajralmas halqalaridan biridir. 
Xulosa qilib aytganda, mintaqaviy geotizimlar miqyosida 
inson va tabiat munosabatlarini muvofiqlashtirish geotizim-
larning tabiiy komponentlariga nisbatan yo‘naltirilgan qoi-
dalari geoekologik prinsiplarga yondashgan va chuqur ilmiy 
asoslangan mexanizmdan iborat ekan. Aks holda Markaziy 
Osiyo kabi geotizimlar doirasida ekologik xavfsizlikni saqlab 
ta’minlash juda mushkuldir.


78

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling