Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati. 
Afsuski, asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo‘lgan 
Amudaryo va Sirdaryo daryolarining zimmasiga to‘g‘ri kelishi 
va ularning yuqori oqimida joylashgan qo‘shni davlatlarning 
suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari 
respublikamiz suv ta’minotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Jumladan, Tojikistonda va Qirg‘izistonda qurilgan To‘xtagul, 
Nurek va Qayroqqum yirik suv omborlarining irrigatsiya 
rejimidan energetik rejimga o‘tkazilishi daryolar suv oqimining 
o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.


88
Ma’lumki, gidroenergetika resurslarini olish maqsadida 
GESlar energetik rejimda ishlaganda, yoz oyida daryo suvlari 
suv omborida ushlanib qolinadi, qish faslida esa elektr 
manbayini ishlab chiqarish uchun yig‘ilgan suv chiqarib 
yuboriladi. Natijada, qish oylarida oqim bo‘y 
lab pastda 
joylashgan mamlakatimizning ayrim hududlarini suv bosishi 
xavfi tug‘ilsa, yoz mavsumida sun’iy suv taqchilligi yuzaga 
keladi. Qo‘shni davlatlarning suv omborlarini energetik 
rejimda ishlashini qu 
yidagi misollarda aniq ko‘rishimiz 
mumkin. Sirdaryo havzasi bo‘yicha: To‘xtagul suv ombori 
Norin dar 
yo 
sida joylashgan bo‘lib, 19,5 mlrd. m
3
umumiy 
suv sig‘imiga ega. Mazkur suv omborining suv sig‘imi Norin 
daryosining yillik oqimidan 1,5 baravar ortiq, degani.
Gidroenergetika
– elektr energiyasini olish uchun suv resurslarining 
mexanik energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq energetika sohasi.
To‘xtagul suv ombori avvallari irrigatsion rejimda ishlagan: 
suv omboridan suv chiqarish sug‘orish mavsumida, ya’ni yoz 
oylarida 73% (8,5 mlrd. m
3
), kuz va qish oylarida esa 27% 
(3,2 mlrd. m
3
)ni tashkil qilib, daryoning tabiiy rejimiga to‘la 
mos kelgan. Biroq 1992-yildan boshlab, Qirg‘iziston hukumati 
To‘xtagul suv omborining ishlashini energetik rejimga 
o‘zgartirdi. Natijada, sug‘orish mavsumida suv omboriga 
tabiiy ravishda o‘rtacha 9,4 mlrd. m
3
suv kelgan bo‘lsa, suv 
omboridan bor-yo‘g‘i, 5,3 mlrd. m
3
suv chiqarilgan. Qish 
oylarida esa aksincha, suv omboriga suv kelishi 3,2 mlrd.m
3
ni 
tashkil etgani holda suv omboridan 8,2 mlrd. m
3
suv 
chiqarilgan. Oqibatda daryoning quyi qismida joylashgan 
O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari sug‘orish mavsumida 5,0 
mlrd. m
3
kam suv olmoqda.
Shunday qilib, suv omboridan sutkalik suv chiqarilishidagi 
keskin o‘zgarishlar natijasida kanallar qirg‘oqlarining yuvilib, 
beton qoplamalari yemirilishiga, suvdan samarali foydalanish 
darajasining pasayishiga, oxir-oqibat davlatlararo suv ta’minoti 


89
bilan bog‘liq mavjud vaziyatning yanada taranglashuviga sabab 
bo‘lmoqda.
Amudaryo havzasi bo‘yicha: Nurek suv ombori Vaxsh dary-
osida joylashgan. Umumiy suv sig‘imi 10,5 mlrd. m
3
, to‘g‘on 
balandligi esa 300 metrni tashkil etib, dunyodagi eng baland 
to‘g‘onlardan hisoblanadi. Vaxsh daryosi suv resurslarining 
tabiiy rejimi irrigatsion maqsadlarda ishlatilishiga mos keladi. 
Shunga qaramasdan, 1992-yildan boshlab Nurek GES suv om-
bori bilan birgalikda to‘liq energetik rejimda ishlay boshladi. 
Suv ombori yozda to‘la hajm gacha suv to‘plab, qishda barcha 
suv chiqarib yuboriladi. Natijada Amudaryoning quyi qismida 
suv tanqisligi yuzaga kelmoqda.
Albatta, daryolarning tabiiy holatini sun’iy rejimga 
o‘zgartirish nafaqat qishloq xo‘jaligiga, balki respublika aholisini 
suv bilan ta’minlashga, suv bilan bog‘liq bo‘lgan atrof-muhitga 
qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Yana shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, daryoda yozgi oqim va suv sathining keskin 
o‘zgarishi geotizimlarning izdan chiqishiga, organizmlarning 
adaptatsiyasi buzilishiga chunonchi, daryoning quyi oqimida 
mavjud ko‘plab baliq turlarining yo‘qolib ketishiga ham olib 
kelmoqda. Bunday holat suv taqchil bo‘lgan 2000, 2001, 
2008-yillarning vegetatsiya mavsumida ham yaqqol kuzatilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, 
O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida transchegaraviy suv oqimlaridan 
foydalanish mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hi-
sobga olgan holda, atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish 
huquqiy me’yorlari va konvensiyalarning tamoyillari asosida 
tashkil etilishi, aholi sonining keskin sur’atlar bilan oshishi, 
ehtiyojlarning kun sa 
yin ortishi hamda iqlim o‘zgarishining 
ta’siri natijasida suv resurslarining yildan yilga kamayib 
ketayotganini hisobga olib, suv resurslari birinchi navbatda, 
ichimlik va sanitariya maqsadlariga, so‘ng qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini yetishtirishga va ekologik holatni bar 
qa 
ror-
lashtirishga va shundan keyin boshqa ehtiyojlarga berilishi kerak.


90

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling