Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Munosabat
– inson yoki uning uyushgan qismining atrof olamga 
bo‘lgan dunyoqarashi va amaliy harakati.
Insonlarning, to‘g‘rirog‘i fuqarolarning, muayyan ma’muriy 
hududda uyushgan qismi, ya’ni davlat orqali salbiy yoki ijobiy 
jarayonlarga huquq orqali ta’sir etishi tabiatni, xususan, atrof 
tabiiy muhitni, jumladan, geotizimlarni keskin o‘zgartirib 
yuborishi muqarrardir. Lekin atrof tabiiy muhitning ma’lum 
bir mamlakatda, salbiy yoki ijobiy o‘zgarishi hozirgi ilmiy-
texnik inqilob davrida, albatta, o‘zga davlat yoki davlatlarga, 
ya’ni hamjamiyatga bevosita bog‘liqligi isbot talab etmaydi. 
Buni Chernobil AES falokatining global miqyosdagi atrof-
muhitga bo‘lgan salbiy yoki Janubiy Amerikadagi Amazonka 
daryo havzasidagi tropik o‘rmonzorlarning Yer sayyorasi 
atmosfera havosiga ijobiy ta’sirlarini misol qilib ko‘rsatish 
mumkin. Xullas, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat o‘zaro 


64
uzviy bog‘langan, biri ikkinchisidan, ikkinchisi uchinchisidan, 
uchinchisi to‘rtinchisidan yoki aksincha kelib chiqadigan 
kishilik jamiyatining turli shakllaridir. Ular doimo atrof tabiiy 
muhit bilan uzviy bog‘langan.
Yana bir atamaga o‘quv qo‘llanmada aniqlik kiritib 
olishimizga to‘g‘ri keladi. Insonlarni o‘rab turuvchi tabiat turli 
adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida turlicha
«atrof-
muhit», «atrof tabiiy muhit», «insonlarni o‘rab turuvchi muhit», 
«insonlarning yashash muhiti», deb ataladi. Xo‘sh, qaysi bir 
ibora ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan to‘g‘ri? Albatta, yuqorida 
nomlari keltirilgan iboralar turlicha ishlatilishi tabiiy hol. 
Chunki har bir muallif o‘zining ixtisosligi, yozma asarining 
kimlarga bag‘ishlanganligi va hattoki, uning kasbiy mahorati 
hamda ilmiy darajasiga qarab mazkur iboralarni turlicha ifoda 
etishi mumkin. Nima bo‘lganda ham biz ushbu iboralarga 
ilmiy izoh berishga harakat qilamiz.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling