Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


vchi muhit»,«kishilik jamiyati yashovchi muhit»


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

vchi muhit»,«kishilik jamiyati yashovchi muhit» deb ataydilar. 
Buni «mutloq to‘g‘ri» yoki «mutloq noto‘g‘ri» deyish qiyin. Le-
kin inson yashayotgan va uning ta’siri doirasidagi tabiiy muhit 
tabiatshunoslik nuqtayi nazaridan qolgan turdagi organizmlar, 
jumladan hayvonot va o‘simlik dunyosi, mikro va nanoorga-
nizmlarning ham yashash muhitidir. Faqatgina ular tabiat bi-
lan hamohanglikda, ya’ni ma’lum bir muvozanatni saqlagan 
yoki «kelishgan» holda yashaydilar hamda rivojlanadilar. In-
sonlar esa, o‘ziga xos «kuchli organizm»
– individ sifatida ta-
biat bilan «kelishmasdan» ham yashashlari mumkin. Shuning 
uchun insonlarni o‘rab turuvchi tabiiy muhit yoki ularning 
yashash muhiti, so‘zsiz «insonlarni o‘rab turuvchi atrof tabiiy 
muhit» yoki «insonlarning atrof-muhiti» deb aytiladi.


66
Uchinchidan, inson va tabiat Yer sayyorasida juda uz-
viy bog‘langan va o‘zaro kuchli ta’sir doirasida turadi. Aynan 
o‘zaro ta’sir doirasida, chunki insonning tabiatga bo‘lgan har 
qanday ta’siri (xoh u ijobiy yoki salbiy ko‘rinishda namoyon 
bo‘lsin) oxir 
-oqibatda insonning o‘ziga aks sado bo‘lib qayta-
di (yo rahmatini yog‘diradi, yo o‘chini oladi). Buni anglagan 
ibtidoiy insonlar va ularning jamoasi tabiatni bir bo‘lagi sifa-
tida, uning «bag‘ri»da yashab kelganlar.
Zardushtiylarning muqaddas «Avesto» kitobining Van-
didod qismida
10
tabiat unsurlari
– yer, suv, havo va olovni 
ajdodlarimiz xudo deb bilganlari haqidagi ma’lumotlar bayon 
etilgan. Yer va olov xudosi 
– «Mitra»ga insonlar sig‘inishgan. 
Ularni ilohiy kuch deb bilishgan va ularga yetkazilgan zarar 
uchun, hattoki, o‘lim jazosini qo‘llashgan. Suvni iflos qilish 
oliy tangriga qilingan xuruj deb qaralgan. Tabiatga nisbatan 
bunday dunyoqarashlar zardushtiylar dinining asosini tashkil 
qilgan va unda zikr etilgan qadimiy axloq-odob qoidalari shu 
davrdagi 16 ta davlat hududida amal qilgan.
Aksincha, sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududini 
xomashyo va ayniqsa, paxta yetishtirish bazasi qilib olinishi 
«Orol muammosi»ni yuzaga keltirdi. Insonlar esa ushbu 
ekologik inqirozli hududlardan ko‘cha boshladilar. Chunki 
atrof tabiiy muhitning inqirozli darajada buzilishi aholi 
o‘rtasidagi barcha munosabatlarga o‘zining salbiy ta’sirini 
o‘tkazmoqda. Kishilarning bexavotir va sog‘lom yashashlari 
qiyinlashmoqda. Mintaqaning ekologik xavfsizligi va barqaror 
rivojlanishiga jiddiy putur yetkazilmoqda.
Xullas, tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat 
munosabatlarining o‘zaro uzviy aloqadorligi atrof-muhit holati 
va inson salomatligida aks etadi. Hozirgi zamonda ushbu 
holat ko‘proq tabiatga emas, balki inson, jamiyat, davlat 
va hamjamiyat faoliyatiga, to‘g‘rirog‘i ularning birgalikdagi 
ezgu maqsadlarining ijrosiga bog‘liq. Biz, insonlar, tabiatdan 
10 
Avesto. Asqar Mahkam tarjimasi.– T.: «Sharq», 2001.– 384 b.


67
ajralgan tarzda yashay olmas ekanmiz, uning ajralmas bir 
bo‘lagi sifatida o‘zimizni his etib hayot kechirishimiz lozim. 
Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash esa 
barchamizning muqaddas burchimizdir.
Nima uchun biz tabiat va inson munosabatlarida ekologik 
xavfsizlikning geoekologik jihatlarini alohida fan, ta’lim va 
amaliyot sifatida ko‘rib chiqamiz? Bunga quyidagi holatlar 
sababchidir:
Mazkur o‘quv qo‘llanmaning 1-bobida «Geoekologiya» 
muayyan geotizimlarda antropogen ta’siri natijasida ekologik 
xavfsizlikni ta’minlashni bosh maqsad qilib oldik. Shunday 
ekan, tabiat va inson munosabati bizning bosh mezonimizga 
to‘g‘ri keladi.
Globallashuv sharoitida insonlarning tabiatga bo‘lgan ta’siri 
ma’muriy chegaralarga bo‘ysunmay qo‘ydi. Uning oqibati 
tabiiy majmualar doirasida aks etmoqda. Mazkur tabiiy 
chegaralar tabiiy geografik majmualarga, ya’ni geotizimlarga 
juda mos keladi.
Kelajakda jamiyat, davlat va hamjamiyatning strategik 
va taktik dasturlar, moliyaviy-moddiy resusrlari muayyan 
davlat miqyosida emas, balki ekologik xavfi yuqori bo‘lgan 
tabiiy tizimlar (dengiz bo‘yi; orollar; tog‘li o‘lkalar; inqirozli 
hududlar, suv akvatoriyalari va havo kengliklari; ko‘llar 
majmuasi kabilar) doirasida rejalashtirilmoqda. Bu esa geoeko-
logiyaning istiqbolli maqsadlariga mos tushadi va h.k.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling