Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Jamiyatning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakli


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Jamiyatning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakli – atrof-
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
va ekologik tizimlarni qayta tiklash hamda sog‘lomlashtirishga 
qaratilgan kishilarning hayot tarzi
Muammo 
– 
yechimini topishga undovchi ilmiy, nazariy yoki 
amaliy masala.
Muqobil energiya turi  – qazib olinadigan yonilg‘i turi bo‘lmagan 
manbalardan olingan energiya.
Ozonni yemiruvchi moddalar – ultrabinafsha nurlarning katta 
qismi yerga yetishiga to‘sqinlik qiluvchi ozon qatlami buzilishiga 
olib keladigan kimyoviy moddalar.
Rekultivatsiya  – sanoat ishlab chiqarishi va boshqa maqsadlarda 
foydalanilgan joy tuprog‘ining unumdorligini ishlov berish bilan 
qayta tiklash.
Tabiat unsurlari (komponentlari) – tabiatni 
hosil 
qiluvchi 
tarkibiy (tog‘ jinslari, relyef, atmosfera havosi, yer usti va yer osti 
suvlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi, mikro va nano 
organizmlar kabi) qismlari.
Tabiatdan oqilona foydalanish – ilmiy asoslangan tarzda tabiat 
resusrlaridan insonlarni o‘z ehtiyojlarini qondirishda ishlatishi.
Tabiiy boyliklar 
– 
tabiatda mavjud bo‘lgan, lekin inson o‘z 
faoliyatida bevosita foydalanmaydigan tabiat unsurlari va tizimlari.
Tabiiy 
resurslar – insonlarni o‘z ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida tabiiy boyliklardan bevosita foydalanayotgan tabiat 
unsurlari va tizimlari.
Tabiiy zaxiralar – insonlarni aniqlagan va ulardan foydalanish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan tabiat unsurlari va tizimlari.
Texnologiya – Iqtisodiyotda: mahsulotlar ishlab chiqarish 
jarayonida xomashyo, material yoki yarimfabrikatga ishlov berish
tayyorlash va ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirish 
metodlari tizimi. Pedagogikada: ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil 
etish, boshqarish, tegishli faoliyatni olib borish metodlar tizimi.


116
Tizim – muayyan bir maqsadda holat, jarayon, hodisa va narsa-
larni qismlarga ajratish va ularni ierarxik (qat’iy vertikal ketma-
ketlikda) joylashuv pog‘onasi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling