Tuproq eroziyasi – tuproqning vaqtincha oqar suvlar natijasida
yuvilishi va yemirilishi.
Tuproq
melioratsiyasi – tuproq unumdorligini yaxshilashga
qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
Shamol energetikasi – mexanik, issiqlik yoki elektr energiyasini
olish uchun havo oqimidan foydalanish bilan bog‘liq energetika
sohasi.
Xalqaro geoekologik-huquqiy mexanizm – hamjamiyat tomonidan
muayyan geotizimlar doirasida ekologik munosabatlarning huquqiy
jihatdan tartibga solinishini ta’minlovchi qismlar tizimi.
Qayta tiklanadigan energetika – qayta tiklanadigan manbalar
energiyasini energiyaning boshqa turlariga aylantirish bilan bog‘liq
energetika sohasi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar – qishloq xo‘jaligi eh-
tiyoj
lari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun
belgilangan yerlar.
Quyosh elementi – turli jismoniy prinsiplari asosida quyosh
nurlari energiyasini to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr energiyasiga aylantirgich.
Quyosh energetikasi – quyosh energiyasini elektr va issiqlik
energiyasiga aylantirish bilan bog‘liq energetika sohasi.
Quyosh issiqlik ta’minoti – turli iste’molchilarni isitish, issiq suv
bilan ta’minlash va texnologik ehtiyojlarini qondirish uchun quyosh
nurlari energiyasidan foydalanish.
Quyosh issiq suv ta’minoti turli iste’molchilarning kommunal-
maishiy va texnologik ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida suvni
isitish uchun quyosh nurlari energiyasidan foydalanish.
Quyosh issiqlik ta’minoti tizimi – mazkur iste’molchini issiqlik
va issiq suv bilan ta’minlashni qisman yoki to‘liq qoplash uchun
quyosh energiyasidan foydalanadigan tizim.
Yerlarni rekultivatsiya qilish – buzilgan yerlarni qayta tiklashga
qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |