Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7- rasm.
- Dunyo okeanining o‘rganilish tarixi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Yer yuzi aholisi, „demografik portlash“, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, irq. Nazorat uchun savollar 1. Aholi soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar qaysilar? 2. Tabiiy boyliklarning inson uchun qanday ahamiyati bor? 3. Antropogen landshaftlar nima? 32 7- rasm. Okeanlar yarimshari. Amaliy topshiriqlar 1. Atlasdan foydalanib, aholi eng zich joylashgan hududlar- ni aniqlang. 2. Xaritadan foydalanib, aholining notekis tarqalganligi sa- bablarini tushuntiring. OKEANLAR TABIATI 13- §. Dunyo okeani va uning qismlari Dunyo okeani. Olimlarning fikricha, „okean“ atamasi yu- noncha „qirg‘oqsiz dengiz“, „Yerni aylanib oquvchi buyuk daryo“, degan ma’nolarni anglatadi. „Dunyo okeani“ atamasini rus olimi Y. M. Shokalskiy 1917- yilda fanga kiritdi. Yer shari- ning uzluksiz suvli qobig‘i Dunyo okeani deb ataladi. Dunyo okeani Yer sharining 361 mln kv km maydonini egallaydi. Suv Yer yuzasining Shimoliy yarimsharda 61 % ini, Janubiy yarimsharda 81 % ini qoplagan. Yer Shimoliy, Janubiy, G‘arbiy va Sharqiy yarimsharlarga ajratilishidan tashqari, yana okeanlar yarimshari va materiklar yarimshariga ham bo‘linadi. Okeanlar yarimsharida Yer yuzining 90,5 % qismini suv qop- lagan (7- rasm). Dunyo okeanining o‘rganilish tarixi. Bu- yuk geografik kashfiyotlar davri (XV asr- ning ikkinchi yarmi — XVII asrning bi- rinchi yarmi)dan boshlanadi. Bu davrda X. Kolumb, J. Kabot, V. da Gama, A. Ves- puchchi, F. Magellan, F. Dreyk, V. Yans- zon, A. Tasman va boshqalar Dunyo okeanida suzishib, muhim kashfiyotlar qi- lishgan. Shu bilan birga, oqimlar, ma- terik va orollar, quruqlik qirg‘oqlari, suv- 33 ning sho‘rligi, harorati, hayvonot olami to‘g‘risida qimmat- li ma’lumotlar to‘pladilar. XVII — XIX asrlarda okeanni tadqiq etish ilmiy yondashuv asosida olib borildi. Jumladan, J. Kuk, I. F. Kruzenshtern va Y. V. Lisyanskiy, F. F. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev, S. O. Makarov, „Chellenjer“ kemasi a’zolari Dunyo okeani geografiyasi uchun eng zarur ma’lumotlar to‘p- ladi. Masalan, „Chellenjer“ ekspeditsiyasi natijalari okeano- grafiya faniga asos soldi. XX asrdan boshlab maxsus dengiz tashkilotlari tuzilib, Dunyo okeanini xalqaro hamkorlik asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi. 1920- yildan keyin okean suvlari chuqurlik bo‘yi- cha o‘rganila boshlandi. 1960- yilda fransuz Jan Pikar Mariana cho‘kmasini zabt etdi. Endilikda kemalar zamonaviy asbob- uskunalar bilan jihozlandi, kosmik kemalardan olingan tas- virlar tahlil qilinmoqda. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling