Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
O‘rganish tarixi. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan.
Olimlarning fikricha, Afrika so‘zi eramizdan avvalgi II asrdan qo‘llanilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, materik nomi uning shi- moli-g‘arbiy qismi (Tunis, Marokash yerlari)da yashagan qa- dimgi berberlarning afarik qabilasi nomidan olingan. Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 3 — 4 mln yil avval odamlar yashaganligi arxeolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6 000 yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan. Afrika tabiatini, aholisining urf-odatlarini, xo‘jaligini o‘rga- nishda mashhur marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o‘rni bor. U Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil havzasini (1325 — 1349- y.), Sahroyi Kabirning g‘arbiy qismini, Niger daryosining yuqori oqimidan o‘rta oqimigacha o‘rgangan. XV asr yevropaliklarning Afrikani o‘rganishida muhim bos- qich bo‘lsa-da, unga qora kunlarni — qullar savdosini keltirdi. 1487- yilda Bartolomeu Diash Afrikaning janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o‘rgandi. 1497 — 1498- yillarda portugaliyalik Vasko da Gama Afrikani janubdan aylanib o‘tib, 1498- yil 20- mayda Hindistonning Kalkutta (Kol- kata) portiga yetib keldi. U yevropaliklar uchun Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini kashf etdi. Afrikaning ichki qismi tabiatini o‘rganishda ingliz tadqi- qotchisi D. Livingstonning xizmatlari katta bo‘ldi. U Kalaxari cho‘lini, Zambezi daryosini, Kongo daryosining yuqori oqim- larini, Nyasa, Tanganika ko‘llarini o‘rgandi. Zambezi daryosi- 45 dagi sharsharaga Viktoriya nomini berdi. Ingliz-Amerika ekspe- ditsiyasining boshlig‘i G. M. Stenli (1817 — 1877- y.) Zanzibar orolini, Viktoriya ko‘lini va Nil daryosining boshlanish irmog‘i Kagera ekanligini aniqladi, Lualaba va Kongo daryolarini quyi oqimiga qadar o‘rgandi. Afrika tabiati va xalqlari hayotini rus olimlaridan V. V. Yunker, Y. P. Kovalevskiy, A. A. Yeliseyev, N. I. Vavilovlar tekshirdilar. N. I. Vavilov tashkil etgan ekspeditsiya (1926 — 1927- y.) 6 000 dan ortiq madaniy o‘simliklardan namuna oldi. U Efiopiya qimmatli qattiq bug‘doy navining vatani ekanligini aniqladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling