Geog 1 (38-янги). p65


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Foydali qazilmalari. Afrika turli xil qimmatbaho tabiiy boy-
liklarni o‘z zaminida asrab yotgan ulkan xazinadir. Afrikada
magmatik jinslarning keng tarqalishi rudali foydali qazilma-
larning ko‘plab tarkib topishiga sabab bo‘lgan.
Afrika olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda tu-
radi. Qadimgi kristall jinslar temir rudasi, xrom, mis, rux,
qalay, uran rudasi, oltin va qimmatbaho toshlarga boy. Mash-
hur „ mis mintaqasi“ Zambiya va Kongo Demokratik Respub-
likasi chegara zonasida joylashgan. Materikning botiq, cho‘kindi
jinslar to‘plangan joylarida toshko‘mir, neft, tabiiy gaz, mar-
ganes rudalari, tuzlar, fosforitlar keng tarqalgan (ilovadagi 24-
rasmga qarang).
Relyefi. Afrika hududi relyef xususiyatiga ko‘ra ikki qismga
bo‘linadi. Mutlaq balandligi 1 000 metrgacha bo‘lgan tekislik,
plato va tog‘liklardan tashkil topgan „past“ Afrika Shimoliy va
G‘arbiy Afrikani o‘z ichiga oladi. „Baland“ Afrika Sharqiy va
Janubiy Afrikani egallagan. „Past“ va „baland“ Afrika o‘rtasi-
dagi chegara Angola-Efiopiya yo‘nalishidan o‘tadi (24- rasm,
ilovaga qarang).


47
„Past“ Afrikada qumli past-balandliklar ko‘p bo‘lgan Sah-
royi Kabir, tekis va botqoqli Kongo botig‘i, plato va tog‘lik
(Darfur, Axaggar, Tibesti va boshqa)lar asosiy relyef shakl-
laridir. Sahroyi Kabirdan shimoli g‘arbida Atlas tog‘lari joylash-
gan. Uning eng baland joyi Òubkal cho‘qqisidir (4 165 m). „Ba-
land“ Afrikada Efiopiya tog‘ligi, Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi va
Janubiy Afrika yassi tog‘lari joylashgan. Bu yerda ham tog‘
oralig‘idagi (Viktoriya, Kalaxari) va Sharqiy Afrika yer yorig‘i
o‘tgan zonadagi chuqur cho‘kmalar bor. Sharqiy Afrika yassi
tog‘ligida Kilimanjaro (5 895 m), Keniya (5 199 m), Margerita
(5 109 m) va boshqa tog‘ cho‘qqilari mavjud. Sharqiy Afrika
tog‘ligidan shimol tomonda Efiopiya tog‘ligi joylashgan. Plato,
tog‘lik va yassi tog‘likdan boshlanadigan yoki oqib o‘tadigan
daryo vodiylarida relyefning dara, kanyon, sharshara (Vikto-
riya, Livingston, Stenli), ostonalar ko‘p hosil bo‘lgan. Afrika-
ning eng baland (Kilimanjaro vulqoni, 5 895 m) va eng past
nuqtalari (Afar botig‘idagi Assal ko‘li, –153 m) ham „baland“
Afrikada joylashgan. „Past“ Afrikaning eng past joyi Kattara
botig‘idir (–133 m).

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling