Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Afrika, berberlar qabilasi, sivilizatsiya markazi, Viktoriya, Mozambik, Madagaskar, Livingston, Stenli, Ibn Battuta, Vavilov. Nazorat uchun savollar 1. Afrikaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Afrika qaysi yarimsharlarda joylashgan? 3. Afrika sohillarini va ichki qismini kimlar o‘rgangan? Amaliy topshiriqlar 1. Afrikaning chekka nuqtalarini aniqlang va koordinatala- rini toping. 2. Afrikani o‘rgangan sayyohlarning yurgan yo‘llarini yozuv- siz xaritaga tushiring. 19- §. Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi Geologik tuzilishi. Afrika — qadimgi Gondvana quruqligi- ning bir bo‘lagi. 180 mln yil muqaddam Arabiston yarimoroli bilan birga yaxlit platformani hosil qilgan. Alp tog‘ burmala- nishi davrida Qizil dengiz o‘rni ochilgan. Natijada Arabis- ton yarimoroli Yevrosiyoga tutashib ketgan. 46 Afrika materigi, asosan, qadimgi platforma ustida joylashgan bo‘lib, ko‘proq tekislik va yassi tog‘liklardan iborat. Seysmik hududlar nisbatan kam. Chekka shimoli g‘arbida Yevrosiyo pli- tasi bilan to‘qnashgan chegarada balandligi 4 165 m ga yetadi- gan Atlas burmali tog‘ tizmasi ko‘tarilgan. Quruqlikdagi eng yirik Sharqiy Afrika yer yorig‘i 6 500 km masofaga cho‘zilgan bo‘lib, Akoba qo‘ltig‘idan Zambezi daryo- sining quyi oqimigacha davom etadi. Olimlarning bashoratiga ko‘ra, kelajakda Buyuk Afrika yer yorig‘idan sharqdagi hududlar materik oroli tariqasida (Madagaskar oroli singari) Afrikadan ajralib ketadi. Bu zonada Yer po‘sti serharakat bo‘- lib, unga harakatdagi vulqonlar (Kilimanjaro, Karisimbi) va zilzilalar xos. Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi palaxsalanib ko‘ta- rilgan gorst va grabenlardan iborat. Chuqur ko‘llar grabenlarda tarkib topgan. Tog‘lar, platolar magmatik va metamorfik jinslaridan tuzilgan. Botiqlar, cho‘kmalar, pasttekislik va tekis- liklar cho‘kindi jinslar bilan qoplangan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling