Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
- Asosiy xususiyatlari.
- Geografik o‘rni.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Okean boyliklari, suvo‘tlari, Xalqaro dengiz qo‘mitasi, ben- tos, nekton, plankton, turizm. Nazorat uchun savollar 1. Dunyo okeanidan qaysi organizmlar eng ko‘p ovlanadi? 2. Okean suvlari ko‘proq nima sababdan ifloslanmoqda? Amaliy topshiriqlar 1. Okean boyliklari turlarini geografiya daftaringizga yozing. 2. Xaritadan Dunyo okeanidagi neft va gaz qazib olina- digan asosiy hududlarni toping. 43 MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIATI AFRIKA 18 - §. Afrika materigining geografik o‘rni va o‘rganilish tarixi Asosiy xususiyatlari. Afrika ekvator o‘rtasidan va bosh me- ridian g‘arbidan kesib o‘tgan yagona materik, eng katta cho‘l- lar bor, eng issiq materik, eng yuqori harorat kuzatilgan, sharqiy yarimsharning eng uzun va eng sersuv daryolari bor, eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi, qirg‘og‘i eng kam parchalangan, quruqlikdagi eng katta Buyuk Afrika yer yorig‘i bor, har ikkala kengliklar bo‘yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan, chuchuk suvli eng uzun (750 km) va chuqur Tanganika (1 470 m) ko‘li bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda. Ma’lumki, Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha taq- simlangan. Jumladan, Shimoliy yarimsharning 39 % i, Janubiy yarimsharning esa 19 % i quruqlikdan iborat. Agar globusni ko‘proq materiklar hududiga to‘g‘rilansa, „Materiklar yarim- shari“ hosil bo‘ladi. Ushbu yarimsharda quruqlik 53 % maydonni egallaydi. Shu- larga asoslanib, keyingi paytda olimlar „Materiklar yarimshari“ni ajratishmoq- da (11- rasm). Geografik o‘rni. Afrika — to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona mate- rik. Ekvator Afrikani deyarli qoq o‘r- tasidan ikkiga bo‘lib turadi. Uning shi- moliy va janubiy chekka nuqtalari ek- vatordan deyarli teng masofada joy- lashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yev- 11- rasm. Materiklar yarimshari. 44 ropa, Suvaysh kanali orqali Osiyo qit’alari bilan tutashib tu- radi. Materikning shimoliy va g‘arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg‘oqlari kam parchalangan bo‘lib, uzunligi 30 500 km ga teng. Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ras-Xafun burunlari oralig‘i) 7 500 km bo‘lsa, janubining eni 3 000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan. G‘arbida yirik Gvineya qo‘ltig‘i bor. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling