Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atama, tayanch tushuncha va nomlar
- 40- §. Janubiy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari Tabiat zonalari.
Ichki suvlari. Janubiy Amerika eng sersuv materik. Uning
eng katta va eng sersuv Amazonka daryosi 500 dan ortiq ir- moqqa ega. Keyingi yillarda uning uzunligi Ukayali irmog‘i bilan birga 6 992 km ekanligi aytilmoqda. Uning o‘rta oqimidagi kengligi 5 km, quyi oqimida 80 km, quyilish joyida 320 km ga boradi. Amazonka daryo suvining „ teskari oqish“ hodisasi 1 400 km yuqori oqimgacha kuzatiladi. Bunga okeandagi qalqish hodisasi sababchidir. Parana daryosi sersuvligi va uzunligi jiha- tidan materikda ikkinchi o‘rinda turadi. Bu daryoda dunyodagi eng keng (kengligi 2 700 m, balandligi 72 m) Iguasu sharsha- rasi hosil bo‘lgan. Orinoko daryosida dunyodagi eng baland (1 054 m) Anxel sharsharasi vujudga kelgan. Materikda ko‘llar kam. Eng yirik ko‘li — Marakaybo mate- rikning shimolida joylashgan. U laguna ko‘llarining tiðik vaki- lidir. And tog‘laridagi Titikaka ko‘li Yer sharidagi eng baland- da joylashgan katta va chuchuk ko‘ldir. U dengiz sathidan 3 810 m balandlikda joylashgan. Janubiy Amerikaning tekislik qismlarida yerosti suvlari, tog‘- lari va yassi tog‘liklarida buloq suvlari, qor va muzliklar ko‘p. Atama, tayanch tushuncha va nomlar Havo massalari, iliq va sovuq okean oqimlari, nam va ser- suv materik, shudring, Iguasu, Anxel, Amazonka, Titikaka. 91 Nazorat uchun savollar 1. Janubiy Amerika iqlimi qanday omillar ta’sirida shakl- lanadi? 2. Materikda qancha va qanday iqlim mintaqalari mavjud? Amaliy topshiriqlar 1. Materik iqlim xaritasini yozuvsiz xaritaga tushiring. 2. Materikdagi daryo va ko‘llarni daftaringizga yozing. 40- §. Janubiy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari Tabiat zonalari. Materikda kenglik va balandlik tabiat zo- nalligi kuzatiladi. Uning tekislik qismida ekvatorial, subek- vatorial o‘rmonlar, savannalar, dasht, chalacho‘l, cho‘l va keng bargli o‘rmonlar zonalari shakllangan. Ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Janubiy Amerikada ekvatorial o‘rmonlar zonasi ekvatorning har ikki tomonida joylashgan. Ekvatorial o‘rmonlar bu yerda selva (portugalcha, „o‘rmon“) deb ataladi. Janubiy Amerikada ekvatorial o‘rmonlar katta maydonni egallagan. Amazonka havzasidagi o‘rmonlar egalla- gan hududlarga Amazoniya deb nom berilgan. Faqat Braziliya Amazoniyasidagina 4 000 ga yaqin daraxt turi uchraydi. Amazo- niya ko‘pgina qimmatbaho daraxtlar — kauchuk beradigan ge- veya daraxti, palmalarning har xil turlari, kakao daraxti, seyba (paxta) daraxti (balandligi 80 m), qovun daraxti va boshqalar vatani hisoblanadi. Eng yengil va qattiq bals daraxti shu zonada o‘sadi. Undan T. Xeyerdal o‘zining „Kon-Tiki“ ke- masini yasagan. O‘rmonlarda yirik daraxtlar tanasiga chirmashib ketgan chirmoviq o‘simliklar o‘sadi. Afrikadagidek bu yerda ham ekvatorial o‘rmonlar tagida podzollashgan laterit tuproqlar — qizil-sariq ferralitlar vujudga kelgan. 92 Zonaning hayvonot dunyosi Osiyo va Afrika hayvonlari kabi, daraxtlarda yashashga moslashgan. Masalan, dumi bilan osilib yashashga moslashgan may- munlar, yalqovlar, hatto qurbaqa va kaltakesaklar ham daraxtlarda yashaydi. Daryolar bo‘yida, suv havzalarida va botqoqli yerlarda tuyoqli hayvonlar — tapirlar va suv cho‘chqasi — karibarlar, eng yirik bo‘g‘ma anakonda iloni, yirt- qich piranya balig‘i — „daryo odamxo‘- ri“ (17- rasm) yashaydi. Qalin o‘rmon- lar orasida yirtqich hayvonlardan yaguar uchraydi. Qushlardan kolibri qushi, xilma-xil to‘tilar, katta shaftoli- xo‘rlar ko‘p tarqalgan. Yirik kapalaklar, yaltiroq qo‘ng‘izlar, o‘rgimchaklar va chumolilarning xilma-xil turlari bor. Subekvatorial o‘rmonlar zonasi. Bu zona Braziliya hamda Gviana tog‘liklarining shimoliy yonbag‘irlarini egallaydi. Braziliya tog‘ligidagi o‘rmonlarda yomg‘irli mavsum uzoq davom etadi, qurg‘oqchil davr esa uch-to‘rt oygacha cho‘ziladi. Shu sababli o‘rmonlarda bargini to‘kadigan daraxtlar soni orta boradi. Sub- ekvatorial o‘rmonlarda yiliga 2 000 — 3 000 mm yog‘in yog‘adi. Gviana tog‘ligining shimoliy qismida yog‘in bundan ham ko‘p yog‘adi. Natijada doimiy yashil o‘rmonlar tarkib topgan. Savannalar zonasi subekvatorial iqlim mintaqalari hududi- dagi pasttekisliklarda, yassi tog‘liklarda tarkib topgan. Savannalarning hayvonot dunyosida kichik bug‘ular — ma- zamlar, yovvoyi cho‘chqalar — pekarlar, zirhlilar — shox mod- dadan iborat qalqoni bo‘lgan sutemizuvchi hayvonlar, chumo- lixo‘r, kemiruvchilar, yirik qushlardan nandu tuyaqushi yashaydi. Bu zonada sernam savanna o‘rmonlari, quruq savanna, cho‘l- ga aylangan savanna, siyrak o‘rmonli savanna va butazorli savanna tabiat komplekslari mavjud. Dashtlar zonasi. Dashtlar Janubiy Amerikada pampa (inde- yeslar tilida „daraxtsiz yerlar“) deb ataladi. Dashtlarda, aso- Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling