Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Okean suvlari.
- Quruqlik suvlari.
Amaliy topshiriqlar
1. Atlasning 5- betidagi materiklar va okeanlarning paydo bo‘lishiga oid xaritani yozuvsiz xaritaga tushiring. 2. Materiklar va okeanlarning paydo bo‘lishiga oid giðo- tezalarni bir-biriga qiyoslab, daftaringizga yozing. 8- §. Gidrosfera, uning tarkibiy qismlari Gidrosferaning tarkibiy qismlari. Gidrosfera (yunoncha, suv qobig‘i) geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yer- usti va yerosti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘laridan iborat. 22 Okean suvlari. Yer yuzasining deyarli 71 % ini okean suv- lari egallagan. Ular dunyo suv zaxirasining 96,5 % ini tashkil etadi. Okean suvlarining asosiy xususiyati sho‘rligi va haro- ratidir. Okean suvlarining o‘rtacha sho‘rligi 35 ‰, ekvator yaqinida 34 ‰, tropiklarda 36 ‰, mo‘tadil va qutbiy keng- liklarda 33 ‰. Suvning o‘rtacha harorati +17,5 °C, Òinch okean eng issiq +19,4 °C, eng sovuq okean Shimoliy Muz okeani (–0,75 °C). Suvning 3 — 4 km dan chuqur qismlarida harorat +2 °C dan 0 °C atrofida o‘zgaradi. Okean suvi sho‘r bo‘l- ganligi uchun – 2 °C da muzlaydi. Okean suvlari mantiyadan ajralib chiqqan degan g‘oyani ko‘pchilik olimlar tan olishadi. Bunga sabab hozirgi paytda mantiyadan suv ajralib chiqayotganligidir. Yer tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarning aksariyati okean bilan bog‘liq. Okean quyosh energiyasini o‘zida to‘plovchi ak- kumulator hisoblanadi. Okeanlar materiklarning iqlimiga, tup- roqlariga, hayvonot olamiga va inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etadi. Quruqlik suvlari. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muz va yerosti suvlari gidrosferaning quruqlikdagi suvlaridir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3,5 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5 % i chuchuk suvlardir. Daryolarning zichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog‘liq. Yog‘inlar ko‘p yog‘adigan hududlarda Amazonka, Kongo, Missisiði, Xuanxe, Volga kabi daryolar hosil bo‘lgan. Kam yo- g‘in yog‘adigan cho‘llarda daryolar bo‘lmaydi. Sirdaryo, Amu- daryo, Nil kabi tranzit daryolar cho‘llarni kesib o‘tadi. Ko‘llar kattaligi, chuqurligi, oqar yoki oqmasligi, sho‘r yoki chuchukligi va kelib chiqishiga ko‘ra xilma-xildir. Dunyodagi eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li (376 ming kv km) bo‘lib, u va Orolni kattaligi uchun dengiz deb atashgan. Berk havzada joylashgan Kaspiy, Orol, Issiqko‘l va Balxash oqmas ko‘llar hisoblanadi. Dunyodagi eng chuqur ko‘llar Baykal (1 620 m) va Tanganika (1 470 m) oqar ko‘llaridir. Balxash ko‘lining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r. Rudolf ko‘li va O‘lik dengiz (270 ‰) sho‘r ko‘llardir. Kelib chiqishiga ko‘ra, ko‘llar 23 tektonik (Baykal, Tanganika, Nyasa), muzlik hosil qilgan (Finlandiyadagi ko‘pchilik ko‘llar), tog‘lardagi morena, vul- qonli, qayir, sun’iy, karst ko‘llarga bo‘linadi. Suv omborlari, kanallar yerlarni sug‘orish, elektr energi- yasi olish, sel hodisalarining oldini olish, daryo suvlarini tar- tibga solish, dam olish kabi maqsadlarda quriladi. Muzliklar quruqlikning 11 % maydonini egallaydi. Muzlik- larning 99 % i qutbiy o‘lkalarda, qoplama holatida joylashgan (Antarktida, Grenlandiya, Arktika). Òog‘ muzliklari qor chizi- g‘idan tepada hosil bo‘ladi. Ekvatorda qor chizig‘i 4,5 — 5 km balandlikdan o‘tadi. Kilimanjaro vulqonini 4 500 m balandli- gidan boshlab qor va muz o‘rab olgan. Qutblarda qor chizig‘i dengiz sathiga baravarlashadi. Yerosti suvlari yog‘inlarning Yer po‘stiga shimilishidan ho- sil bo‘ladi. Lekin kelib chiqishiga ko‘ra magmatik xususiyatga ega bo‘lgan geyzerlar ham yerosti suvlari qatoriga kiradi. Yerosti suvlarining gidrosferadagi ulushi 1,7 % ni tashkil etadi. Ular suvli qatlam (qum, shag‘al, tosh)larda to‘planadi. Agar suv o‘tkaz- maydigan qatlam (gil)lar orasida joylashsa, artezian havza- larini hosil qiladi. Deyarli barcha tekisliklarda va tog‘ oralig‘i botiqlarida yerosti suv havzalari mavjud. Ularning ayrimlari shifobaxsh mineral suvlardir. Ko‘p yillik muzloq yerlar tuproq, cho‘kindi jinslar bilan yerosti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan hosil bo‘ladi. Ular Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ularning qalinligi 0 metrdan 1 500 metrgacha boradi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling