Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
- 2- §. Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar, globuslar Geografik xaritalar — bilim manbayi.
- Geografik xaritalarning tasnifi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Materik, qit’a, Dunyo okeani, okean, qirg‘oq chizig‘i, geografik qobiq. Nazorat uchun savollar 1. Yer yuzida nechta materik va qit’a bor? Okeanlar-chi? 2. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi nimalarni o‘rganadi? Amaliy topshiriqlar 1. Atlasdan (2 — 3- betlar) materiklar, qit’alar va ularning qirg‘oq chiziqlarini aniqlang. 2. Materiklar va okeanlar, yirik yarimorollar va orollar, dengizlar, qo‘ltiqlar va bo‘g‘izlar nomini yozuvsiz xa- ritaga yozib qo‘ying. 2- §. Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar, globuslar Geografik xaritalar — bilim manbayi. Turli mazmundagi va masshtabdagi xaritalardan o‘quvchilarning maqsadli foyda- lanishi talab qilinadi. Kursning materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasiga oid bo‘limlarida har bir mavzuga taalluqli bo‘l- gan xaritalar berilgan. Demak, muayyan mavzuni o‘rganish jarayonida xaritalardan foydalanish shart. Geografik xaritalarning tasnifi. Geografik xaritalar g‘oyat ko‘p va xilma-xildir. Xaritalar — o‘rganish, hisobga olish, saq- lash va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Xaritalar tasvirlangan hududning katta-kichikligiga, mas- shtabiga, mazmuniga va ko‘zda tutilgan maqsadiga qarab guruh- larga ajratiladi. Òasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra, xaritalar: 8 dunyo va yarimsharlar, materiklar va okeanlar, tabiiy o‘lkalar, mamlakatlar, viloyatlar va boshqa ma’muriy birliklar xari- talariga bo‘linadi. Masshtabiga ko‘ra: yirik masshtabli (1 : 10 000 dan 1 : 200 000 gacha), o‘rta masshtabli (1 : 200 000 dan 1 : 1 000 000 gacha), mayda masshtabli (1 : 1 000 000 va undan mayda) xaritalar bo‘- ladi. Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan (1 : 5000 va undan yirik) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar uchun tuziladi. Mazmuniga ko‘ra, xaritalar: umumgeografik va mavzuli xa- ritalarga bo‘linadi. Umumgeografik xaritalar hududlarning umu- miy ko‘rinishi va geografik xususiyatlarini aks ettiradi. Bularga, asosan, tabiiy va siyosiy xaritalar kiradi. Mavzuli tabiiy xaritalarda ayrim tabiat komponentlari nis- batan aniq va mukammal tasvirlanadi. Bunday xaritalarga 6- sinf atlasidagi Yer po‘stining tuzilishi, tabiat zonalari, iqlim va boshqa xaritalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki bir- biri bilan bog‘langan bir qancha komponentlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday xaritalarga kompleks xaritalar deyiladi (6- sinf atlasiga qarang). Xaritalarning qo‘llanilish maqsadi ularning masshtabiga, mazmuniga va jihozlash usuliga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni bitta hududning bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maq- sadli xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol ko‘rish mumkin. Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni: o‘quv, ilmiy, turistik, targ‘ibot- tashviqot kabi turlarga bo‘lish mumkin. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling