9
bajariladigan ishlari uchun mo‘ljallangan eng muhim karto-
grafik qo‘llanmadir.
Geografik globus. Globus — Yer
sharining kichraytirilgan
modeli bo‘lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik
qismlari (materiklar,
okeanlar, ularning bo‘laklari) nisbatini
eng to‘g‘ri va ko‘rgazmali tasvirlaydi.
Globusda kartografik tas-
virning xatoliklari bo‘lmaydi.
Maktab o‘quv globuslari 1 : 83 000 000, 1 : 50 000 000,
1 : 40 000 000, 1 : 30 000 000 masshtabda tayyorlanadi.
Mashhur vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048- y.)
XI asrda birinchi bo‘lib shimoliy yarimsharning globusini yasa-
gan. Butun Yer sharini tasvirlagan birinchi
mukammalroq glo-
busni 1492- yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika,
Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay’atiy
1886- yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san’at
tarixi muzeyida saqlanmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU
geologiya va geografiya fakultetida 1984- yilda H. Hasanov rah-
barligida I. Y. Oshev yasagan ulkan „Relyefli globus“ o‘rna-
tilgan.
Hozirgi vaqtda globuslarning bir necha turlari mavjud. Bu-
lar
maktab globusi, relyefli globus,
osmon jismlarini tasvir-
lovchi globuslardir.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Geografik xarita,
masshtab, atlas, globus, Beruniy, M. Be-
xaym, Hoji Yusuf Hay’atiy, H. Hasanov, I. Y. Oshev.
Do'stlaringiz bilan baham: