Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- GEOGRAFIK QOBIQ 3- §. Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari Geografik qobiq va uning chegaralari.
- Geografik qobiqning xususiyatlari.
Nazorat uchun savollar
1. Geografik xaritalar qanday turlarga bo‘linadi? 2. Geografik xarita masshtabiga ko‘ra qanday turlarga bo‘li- nadi? 3. Dastlabki atlas va globus kimlar tomonidan yaratilgan? Amaliy topshiriqlar 1. Maktabingizdan uyingizgacha bo‘lgan masofani 1 : 10 000 masshtabda aks ettiring. 2. Atlas va xaritalarning turlarini chizmada aks ettiring. 10 GEOGRAFIK QOBIQ 3- §. Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari Geografik qobiq va uning chegaralari. Atmosferaning quyi qatlami — troposfera, litosferaning ustki g‘ovak qatlami, gid- rosfera va biosferalarni o‘z ichiga olgan hamda o‘zaro ta’sir etib turadigan yaxlit qobiq Yerning geografik qobig‘i deb ataladi. Geografik qobiqning yuqori va quyi chegarasini, uning qa- linligini turli olimlar turlicha o‘tkazishadi va belgilashadi. Ko‘p olimlar geografik qobiqning yuqori chegarasini troposferaning yuqori qismidan o‘tkazishadi va uning qalinligini 30 — 35 km deb hisoblashadi. Aniqlanishicha, geografik qobiqning yuqori chegarasi ozon pardasiga, pastki chegarasi esa g‘ovak jinslari- ning tag qismiga to‘g‘ri keladi. Ozon pardasi Yerdagi orga- nizmlarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi. Geografik qobiqning xususiyatlari. Geografik qobiqning bi- rinchi xususiyati, uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidro- sfera, atmosfera va biosferalar doimiy ravishda o‘zaro aloqa- dorlikda bo‘lishi va bir-biriga ta’sir etishidir; ikkinchi xususiyati, modda va energiya almashinish jarayonining bo‘lib turishidir; uchinchi xususiyati, geografik qobiqda organik hayotning, jum- ladan, insoniyat jamiyatining mavjudligidir. Geografik qobiqning rivojlanishiga Yerning tashqi va ichki energiyalari ta’sir etadi. Geografik qobiqda sodir bo‘layotgan bar- cha jarayonlarning asosiy qismi Quyosh energiyasi va kamroq qismi Yerning ichki energiyasi ta’sirida ro‘y beradi (2- rasm). Geografik qobiqning tuzilishida modda va energiya alma- shinuvi muhim rol o‘ynaydi. Bunda litosfera, gidrosfera, at- mosfera va biosferalar o‘rtasida moddalar almashinishi ro‘y be- radi. Masalan, okean suvi 3 000 yilda bir marta yangilanadi. Atmosferadagi namning to‘liq yangilanishi uchun atigi 10 kun kerak bo‘ladi. Aylanma harakatdagi suv boshqa komponentlar 11 bilan bevosita aloqada bo‘lib, geografik qobiqning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi ham uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Geografik qobiq- ning vertikal tuzilishi deganda, uning tarkibiy qismlari baland- lik bo‘ylab joylashgan holatini tushunish lozim. Geografik qo- biqning gorizontal tuzilishi tabiat komplekslarining kenglik va uzunlik bo‘ylab tarqalishi va almashib kelishida namoyon bo‘ladi. Bunga iqlim mintaqalari, tabiat zonalari yaqqol misoldir. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling