Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydali qazilmalari.
- 15- rasm.
Geologik tuzilishi. Antarktida qadimgi Pangeya, keyinchalik
Gondvana yirik materiklaridan ajralib, mustaqil materikka aylangan. Alp tog‘ burmalanishida ko‘tarilgan Transantarktida tog‘ tizmasi Antarktidani ikki qismga bo‘lib turadi. Antarktidaning qadimgi geologik tarixida issiq, mo‘tadil iq- limlar va qalin daraxtlar o‘sgan davrlar bo‘lgan (masalan, toshko‘mir davrida). Muz bosish 360 mln yil avval boshlangan. Hozirgi muzliklar 20 mln yil muqaddam hosil bo‘lgan. 83 Foydali qazilmalari. Materik zaminida qora va rangli metal- lar rudalari (mis, qo‘rg‘oshin), toshko‘mir, olmos, uran va boshqa qazilma boyliklar topilgan. Neft, gaz, grafit, sluda va tog‘ xrustali kabi foydali qazilmalarning borligidan dalolat be- ruvchi belgilar aniqlangan. Relyefi. Materik o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland hisoblanadi. Muz qoplamining o‘rtacha qalinligi 2 000 m atro- fida. Muzning eng qalin joyi 4 500 m ga boradi. Lekin muz tagi relyefining deyarli 70 % i dengiz sathidan pastda joylashgan. Berd tekisligidagi Bentli cho‘kmasining muzsiz mutlaq chu- qurligi –2 555 m, muz tagi relyefining o‘rtacha balandligi esa 110 m. Bu jihatdan, Antarktida eng past materik hisoblanadi. Materikning eng baland qismi Elsuert tog‘idagi Vinson (5 140 m) massividir (15- rasm). 15- rasm. Antarktidaning tabiiy xaritasi. UMUMIY MA’LUMOTLAR Maydoni – 14 000 000 km 2 Eng baland yeri – Vinson massivi (Elsuert tog‘lari) – 5 140 m Eng past yeri – Bentli cho‘kmasi (Muz tog‘i) – 2 555 m Muz yuzasining o‘rtacha balandligi – 2 040 m Masshtab Ilmiy stansiyalar va (AQSH) qaysi davlatga mansubligi Janubiy magnit qutbi Muz qoplami gorizontal- lari (m hisobida) 84 Janubiy Amerikadagi And tog‘larining bevosita davomi tariqasida Transantarktida zanjirli tizma tog‘lari materikni ikkiga bo‘lib turadi. Materikda uchta harakatdagi vulqon bor. Shulardan eng balandi — Erebus vulqoni (3 794 m). Tog‘larning muzlardan chiqib turgan cho‘qqilarini fanda nunutaklar deb atashadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling