Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik o‘rni.
- O‘rganilish tarixi
qazilmalari. Relyefi
Asosiy xususiyatlari. Dunyodagi eng uzun va eng sersuv daryosi, eng baland va eng keng sharsharasi, eng katta iloni, eng mitti „odamxo‘r“ balig‘i, eng uzun tog‘i, eng katta daryo havzasi, eng balandda joylashgan chuchuk suvli katta ko‘li, eng baland harakatdagi vulqoni, eng qalin Amazoniya o‘rmonlari — „sayyoramiz o‘pkasi“ bor. Eng sernam materik. 87 Geografik o‘rni. Janubiy Amerika to‘liq G‘arbiy yarimsharda joylashgan. Uning shimoliy qismidan ekvator kesib o‘tadi. Shi- moldan janubga 7 000 km, g‘arbdan sharqqa 5 000 km cho‘zil- gan. U Amerika qit’asining bir bo‘lagi. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining chegarasi shartli ravishda Panama ka- nali orqali o‘tkaziladi. Materikni shimolda Karib dengizi, g‘arbda Òinch okean, sharqda esa Atlantika okeani suvlari yuvib turadi. O‘rganilish tarixi. Amerikaning kashf etilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. X. Kolumbgacha, ya’ni XV asrdan oldin Amerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar, skandinaviyaliklar, okeaniyaliklar borganligi haqida dalillar to- pilmoqda. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy o‘zining „Hin- diston“ asarida Amerika quruqligining mavjudligini X. Kolumb kashfiyotidan 450 yil oldin bashorat qilgan. X. Kolumb „Yer shar shaklida“ degan g‘oyaga asoslanib, Hindistonga g‘arbdan yaqin dengiz yo‘li bilan borish uchun safarga chiqadi. U 1492- yilning 12- oktabr kuni San-Salvador (ispancha xaloskor degani) oroliga keladi. Bu sana Amerika kashf etilgan kun tariqasida geografiya tarixiga kiritilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini boshlab bergan X. Kolumb o‘zi- ning to‘rt marta Amerikaga qilgan safarlari chog‘ida ham o‘zi borgan yerlarini Hindiston deb o‘ylagan. Amerigo Vespuchchi (asli italiyalik, Ispaniya dengiz flotida xizmat qilgan) 1499 — 1504- yillardagi Janubiy Amerikaga uyushtirgan ikkita sayohati davrida birinchi bo‘lib bu yerlar Hin- diston emas, balki yirik quruqlik — Yangi Dunyo ekanligini aytib, uning tabiatini mohirona tavsiflab yozadi. 1507- yildan boshlab Yangi Dunyoga Amerika deb nom berildi. Janubiy Amerikani ilmiy jihatdan o‘rganishda nemis sayyohi A. Gumboldt va fransuz botanigi E. Bonplanning xizmatlari katta bo‘ldi. Materikning tabiati va aholisi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni rossiyalik olimlardan G. I. Langsdorf, N. G. Rub- sov, A. I. Voyeykov, N. I. Vavilovlar to‘pladilar. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling