Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
And, platforma, „olovli halqa“, Lyulyaylyako, Akonka- gua, Beruniy, X. Kolumb, A. Vespuchchi, A. Gumboldt, N. I. Vavilov. 89 Nazorat uchun savollar 1. Janubiy Amerikaning asosiy xususiyatlari nimalardan ibo- rat? 2. Qanday foydali qazilmalarni bilasiz? 3. Janubiy Amerika relyef tuzilishiga tavsif bering. Amaliy mashg‘ulotlar 1. Materikning asosiy xususiyatlarini daftaringizga yozing. 2. Materik relyefini va foydali qazilmalarini yozuvsiz xa- ritaga tushiring. 39- §. Iqlimi va ichki suvlari Iqlimi. Janubiy Amerika iqlimining tarkib topishida Quyosh radiatsiyasi, relyef, havo massalari, okean oqimlari muhim rol o‘ynaydi. Materik oltita iqlim mintaqasida joylashgan. Ular shimoldan janubga quyidagi tartibda almashinadi: subekvatorial (2 ta), ekvatorial, tropik, subtropik va mo‘tadil. Tog‘larida balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Ekvatorial iqlim mintaqasi Afrikadagidek juda sernam. Yog‘inlar miqdori 3 500 mm dan ko‘p. Yil davomida havo ha- rorati 24 — 25 °C atrofida. Subekvatorial iqlim mintaqasida ikkita fasl aniq ifodalanadi. Yozda yog‘in ko‘p yog‘adi (1 000 — 2 000 mm), o‘rtacha oylik harorat +25 °C dan oshadi. Qishda bir necha oylab yog‘in yog‘maydi. Bu faslda havo harorati +20 °C atrofida bo‘ladi. Tropik mintaqaning sharqiy qismlari passat shamollarining ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy qismlariga 1 500 — 2 000 mm atrofida yog‘in yog‘adi. Bu yerlarda yilning asosiy qismida havo nam va issiq bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati +25 °C, iyulda esa +17 +19 °C ni tashkil etadi. Lekin g‘arbga tomon borgan sari havodagi namlik kamaya bo- rib, And tog‘lariga yaqin joylarga 250 — 500 mm yog‘in tushadi. 90 Tropik mintaqaning Tinch okean sohillariga Peru sovuq oqimi yog‘in keltirmaydi va deyarli yog‘in yog‘maydi. Natija- da, shudring Afrikadagi Namib cho‘li kabi Atakama cho‘li namligining yagona manbayi hisoblanadi. Subtropik iqlim mintaqasi materikning 30° va 40° j. k. ora- lig‘idagi hududlarni egallaydi. Mintaqaning sharqida namgar- chilik ko‘p (1 000 — 2 000 mm), yanvarda havo harorati +25 °C, iyulda +10 +15 °C atrofida bo‘ladi. Mo‘tadil iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini egal- laydi. Tinch okean sohilida yil davomida ko‘p yog‘in yog‘adi (2 000 — 3 000 mm), qishi yumshoq, yozi salqin keladi. Minta- qaning sharqida mo‘tadil-kontinental iqlim tarkib topgan bo‘- lib, yog‘in 300 — 400 mm, qishi sovuq, qorli. And tog‘larida balandlik iqlim mintaqalari tarkib topgan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling