Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
And, Amazoniya, Orinoko, Braziliya, Gviana, anakonda, daraxt baqasi, piranya, Paragvay choyi. Nazorat uchun savollar 1. Materik hududini tabiiy geografik o‘lkalarga ajratishda nima asos qilib olingan? 2. Tekislikli Sharq tabiati haqida nimalarni bilasiz? Amaliy topshiriqlar 1. Amazoniyaning tabiatini daftaringizga yozing. 2. Braziliya yassi tog‘ligi bilan Amazoniyani bir-biriga taq- qoslang, ular o‘rtasida qanday tafovutlar borligini aniqlang. 42- §. Janubiy Amerika aholisi Aholisi. Janubiy Amerikada 419 mln aholi yashaydi (2016- y. 1- iyul), ularning tarkibi juda murakkab. Materikka kishilar bundan 20 ming yillar ilgari Osiyodan kelgan. XVI asrda dast- lab ispanlar bilan portugallar, keyinchalik esa Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlaridan kelib o‘rnashgan. 97 Hozirgi paytda Janubiy Amerikada insoniyatning har uchala irqi vakillari yashaydi. Yevropaliklar bilan indeyeslarning cha- tishishidan hosil bo‘lgan avlodlar metislar, yevropaliklar bilan negrlar nikohi avlodlari mulatlar deyiladi. Indeyeslar bilan negrlar chatishmasi sambo deb ataladi. Aholining ko‘pchiligi ispan tilida, braziliyaliklar portugal tilida so‘zlashadilar. Yevropaliklar kelgan vaqtdan hindu xalqlarining ko‘pchiligi taraqqiyotning urug‘chilik-qabilachilik darajasida bo‘lgan. Faqat And tog‘larida inklarning qadimgi davlatlari mavjud edi. Ularda xo‘jalik va madaniyat rivojlangan bo‘lgan. Inklarning ulkan ibo- datxona va saroylarining xarobalari, yo‘llari, sug‘orish kanallari hozirgacha ham kishilarni hayratga soladi. Tekislikda esa hindular makkajo‘xori, kartoshka, yeryon- g‘oqni birinchi bo‘lib eka boshlaganlar, hozir esa bu ekinlar dunyoning ko‘p mamlakatlarida yetishtiriladi. Materikning yevropaliklar tomonidan bosib olinishi tubjoy aholisiga beqiyos falokat keltirgan. Inklar davlati talangan. At- lantika bo‘yidagi o‘lkalarda yashovchi hindular qullarga aylanti- rilgan, ularning bir qismi materik ichkarisidagi hayot kechirish uchun noqulay yerlarga siqib chiqarilgan. Hindular sonining kamayishi yevropaliklarni ishchi kuchi qidirishga majbur qildi. Plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan negr qullarni îlib kela boshladilar. Materik aholisi orasida tillar, urf-odatlar, ma’naviyatning aralashib ketishi ro‘y berdi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling