Geog 1 (38-янги). p65


- §. Okean suvining xususiyatlari


Download 0.74 Mb.
bet9/31
Sana15.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1487388
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
6- sinf savol - javob nashiryot (2)

15- §. Okean suvining xususiyatlari







  • Dunyoning tabiiy xaritasida nechta havzaga ajratish mumkin va ular .? J : beshta havzani ajratish mumkin. Ular Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeani havzalari va berk havzalardir. Daryo qaysi havzaga o‘z suvini quysa, o‘sha havzaga tegishli bo‘ladi.


    1. Dunyo okeani suvining asosiy xususiyati .? J : sho‘rligidir.

    2. Agar suv tarkibidagi tuz miqdori 1 litr suvda 1 grammdan kam bo‘lsa qanday suv deyiladi chuchuk, ortiq bo‘lsa, sho‘r suv deb ataladi.

    3. . Dunyo okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi .? J : 35 % bo‘lib, unda har xil moddalar: tuzlar, organik moddalar, erigan holatdagi me- tallar uchraydi.

    4. Ekvatorial zonaga suvning sho’rligi (34 — 35 %)

    5. Qayerda suvning sho’rligi nisbatan ancha yuqori .? J : tropik mintaqlarda

    6. Tinch okeani tropic mintaqasida suvning sho’rligi .? J : 36 — 37 %,

    7. Atlantika okeaning tropic mintaqsida suvning sho’rligi .? J : 37,9 %).

    8. Okeanning ochiq qismida suvning sho‘rligi qancha.? J : 33 % dan 37 % gacha,

    9. dengizlarda suvning sho’rligi qancha .? J : 2 % dan (Fin qo‘ltig‘i) 42 % gacha (Qizil dengiz) o‘zgaradi.

    10. Dunyo okeani suvlarining haro­rati nimaning asosida o’zgarib boradi .? J : geografik qonuniyat asosida o‘zgarib boradi.

    11. Suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati .? J : 17,54 °C ga teng.

    12. Ochiq okeanda suvnig harorati .? J : 2°C dan 29 °C gacha o‘zgaradi.

    13. 5 — 10 °C shimoliy kengliklarda yuza suvining o‘rtacha harorati.? J : 27 — 28 °C.

    14. tropiklarda suv harorat qancha .? J : 25 — 27 °C ni tashkil etadi.

    15. Qutbiy o‘lkalarda harorat suvning harorati — 1 —2 °C gacha pasayadi.

    16. Dunyo okeanining suvi qaysi tomonlarga o’zgaradi kenglik va uzunlik bo‘yicha o‘zgaradishu bilan birga, chuqurlik tomon ham o‘zgaradi.

    17. Okean tubida harorat 1 000 m dan chuqurda, o‘rta hisobda qancha .? J : 2 — 3 °C atrofida bo‘ladi.

    18. Okean suvlari necha gradusda muzlaydi .? J : — 2 °C da muzlaydi.

    19. Dunyo okeanining eng issiq va sovuq suvi qayerda .? J : issiq suv Fors qo‘ltig‘ida, eng sovug‘i qutbiy doiralar ichkarisida kuzatiladi.

    20. Dunyo okeanidagi suvning harakati nimalarda namoyon bo’ladi J:oqimlar, qalqishlar va to‘lqinlar kabi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

    21. okean oqimlari deb.? J : Katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo‘nalgan gorizontal harakati.

    22. Bir tomonga esadigan shamollar ta’sirida okean suvining necha metr qismi harakatlanadi .? J : 1 500 m gacha qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi.

    23. Okean oqimlari haroratiga ko‘ra qanday turlarga bo’linadi .? J : iliq va sovuq oqimlarga bo‘linadi.

    24. Qutblardan ekvator tomon qanday oqimlar esadi .? J : tub sovuq oqimlar, ekvatordan qutblar tomon yuza iliq oqimlar harakatlanadi.

    25. Dunyo okeanidagi asosiy oqimlar .? J : Shimoliy va Janubiy passat oqimlari, Passatlararo qarshi oqim va G‘arbiy shamollar oqimi asosiy oqimlardir.

    26. G’arbiy shamollar oqiming uzunligi .? J : uzunligi 30 ming km

    27. Dunyo okeani suvlarida qalqish hodisasi nimaning natijasida yuz beradi .? J : Quyosh va Oyning tortish kuchi ta’sirida

    28. Qalqish hodisasi sutka davomida necha marotaba bo’ladi .? J : ikki marta ko‘tarilib, ikki marta pasayadi

    29. Ochiq okeanda suvning qalqish amplitudasi qancha .? J : 1 — 2 m dan oshmaydi.

    30. Qayerda suvning qalqish amplitudasi yuqori bo’ladi .? J : materik qirg‘oqlarida

    31. Shamol ta’sirida hosil bo‘lgan to‘lqinlar balandligi okeanlarda qancha .? J : 4 m gacha, ayrim holatlarda 7,5 m,

    32. Shamollar tsirida hosil bo’lgan to’lqin uzunligi.? J : 90 — 100 m (ba’zan 800 m) atrofida bo‘ladi.

    33. Eng baland to‘lqin necha metr va qayerda .? J : (34 m) Tinch okeanning shimoliy qismida qayd qilingan.

    34. Qayerda dovullar tez-tez kuzatiladi.? J : Tropik va mo‘tadil kengliklarda.

    35. Dahshatli to‘lqinlardan biri sunamining manosi .? J : (yaponcha — ajal va vayronalik kel- tiruvchi to‘lqinlar) zilzila va harakatdagi vulqonlar ta’sirida hosil bo‘ladi.

    36. Sunamiyning oOchiq okeanda balandligi.? J : 1 m dan oshmaydi.

    37. qirg‘oqqa kelgandasunamiyning baladligi.? J : 10 m, ayrim paytlarda 50 m gako‘tariladi.

    38. Sunamiyning tezligi .? J : Tezligi soatiga 700 — 800 km ni tashkil etadi. Juda katta iqtisodiy va ma’naviy ziyon keltiradi.

    16- §. Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri

    1. Nimaning natijasida „okean atmosfera quruq- lik“ tizimi tarkib topgan .? J : Dunyo okeanining atmosfera, litosfera, biosfera bilan doimiy o‘zaro ta’siri natijasida.

    2. okean atmosfera quruq- lik“ tizimida modda va energiya alma­shinuvi kuzatiladimi .? J : ha

    3. okean atmosfera quruq- lik“ Tizimdagi moddalarning harakatini ta’minlaydigan qudratli kuch .? J : quyosh energiyasidir.

    4. Dunyo okeani Yer yuzasiga Quyoshdan kelayotgan issiqlikning necha % ni yutadi .? J : 70 % ini yutadi.

    5. Nimauchun okean issiqlik „akkumulatori“ga aylanadi va atmosfe- rani ilitib turadi, bug‘ holatidagi namlik bilan ta’minlaydi, qu­ruqlikka va barcha suv havzalariga yog‘in beradi..? J : Issiqlikning 70 % ni yutgani uchun

    6. Nima butun Yer yuzasi bo‘ylab „okean atmosfera qu- ruqlik“ tizimida issiqlik va namlik taqsimotini ta’minlaydi .? J : Quyosh energiyasi ta’sirida harakatga kelgan „issiqlik mashi- nasi“

    7. Issiqlik mashinasi“ning harakat yo‘nalishi, tezligi kabixususiyatlariga nima ta’sir etadi .? J : Oy va Quyoshning tortishi hamda Koriolis kuchi, Yer­ning ichki energiyasi, hatto antro- pogen omil ham ma’lum miqdorda ta’sir etadi.

    8. Okeanning atmosfera va quruqlikka ta’sir etishidanimaning o’rni katta .? J : havo massalarining

    9. Agar havo massalari okean yuzasida hosil bo‘lsa, qanday ataladi dengiz havo massalari,

    10. Agar havo massalari quruqlik ustida hosil bo‘lsaqanday ataladi .? J : , kontinental havo massalari

    11. Atmosferada sodir bo‘ladigan shamol, bo‘ron va quyunlarning bosh sababchisi.? J : „okean atmosfera quruqlik“ tizimidagi modda va energiyaning almashinuvidir.

    12. Quyun (tayfun) va bo‘ronlar ikkala yarimsharning nechanchi kengliklarida yuz beradi .? J : 5 — 20° kengliklari oralig‘idagi okean yuzasida tarkib topadi.

    13. Nima issiqlik va sovuqlikni geografik kenglik hamda uzoqliklar bo‘yicha tashiydi.J iliq va so­vuq dengiz oqimlari

    14. Hozir ham qirg‘oqning 50 km gacha bo‘lgan qismida dunyo aholisining necha % yashaydi 27 % i




    I#




    17- §. Okean boyliklari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish













    1. Olimlarning fik- richa, hayot qayerda paydo bo’lgan .? J : okean sohillaridagi to‘lqinlar hosil qilgan „hayot sharbatibo ‘tqasimon loyqa“ li suv muhitida hosil bo‘lgan.

    2. Okean suvlarida qanday organizmlar mavjud .? J : mikroskop bilan ko‘rinadigan organizmlardan tortib 150 tonna keladigan ko‘k kitlargacha, turli xil organizmlar yashaydi.

    3. Hozir Dunyo okeanida qancha hayvon va o’simlik mavjud .? J : 160 ming hayvon turi, 10 ming atrofida o‘simlik turi mavjud.

    4. Okean organizmlari nimaga kora guruhlashtiriladi .? J : yashash joylariga ko‘ra guruhlashtiriladi.

    5. bentos organizmlar bu .? J : — okean suvlari tubida, yotqizi lar orasida yashaydi.

    6. Nektonlar bu —erkin ko‘chib yuruvchi orga­nizmlar

    7. Planktonlarqanday organizmlar .? J : suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlar dir

    8. Planktonlar qanday turlarga bolinadi .? J : fitoplankton va zooplanktonlar

    9. Dunyo okeani tabiiy boyliklarning xazinasi hisoblanadi. Bu boyliklar nimalardan iborat .? J : biologik, kimyoviy, ma’danli va yoqilg‘i-energetika resurslaridan iborat.

    10. Hozir biologik resurslarning necha % dan foydalanil moqda .? J : 2 % idangina foydalanilmoqda.

    11. Biologic resurslar dunyoda iste’mol qilinadigan oqsil moddalarning necha % ni beadi .? J : 20 % ini

    12. okean suvlaridan yiliga qanday baliqlar ko’p ovlanadi .? J : treska, seld, skumbriya baliqlari ko‘plab ovlanadi.

    13. Okean tubidan nimalar olinadi .? J : osh tuzi, brom, magniy, oltingugurt, aluminiy, mis, uran, kumush, oltin olinadi.

    14. Dunyo okeanida neft va gaz eng ko‘p qayerlardan olinadi Fors ko‘rfazidan, shuningdek, Venesuela qirg‘oqlaridan, Shimoliy dengizdan, Meksika qo‘ltig‘idan qazib olinadi.

    15. Dunyo okeani asosiy hususiyati .? J : eng mu him va arzon dengiz transporti yo‘li vazifasini bajarishi

    16. Savdo-iqtisodiy aloqalar doirasidagi mah- sulot tashishning necha % dengiz transpotiga to’g;ri keladi .? J : 60 % dan ortig‘i dengiz transporti orqali baja- riladi.

    17. Dunyo xo‘jaligining rivojlanishi, xalqaro mehnat taq- simotining yuzaga kelishi, savdo-sotiqning rivojlanishi nimaning evaziga .? J : dengiz transporti tufaylidir.

    18. Hozir Dunyo okeani sohillarida qancha potrlar mavjud .? J : 2 700 dan ortiq dengiz port-shaharlari mavjud.

    19. Dengiz transportida tashiladigan asosiy yuk .? J : neft va neft mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.

    20. Neft mahsulotlarni tashiydi- gan maxsus kema .? J : tankerlar

    21. Dunyo okeanini muhofaza qilish bu .? J : milliy, regional va xalqaro ko‘lamda amalga oshiriladigan tadbir.

    22. Dunyo okeanini tadqiq etish va foydalanish hamda muhofaza qilish maqsadida tuzulgan xalqaro tashkilotlar .? J : Xalqaro dengiz qo‘mitasi, Dav- latlararo okeanografik komissiya (UNESCO qoshida) va bosh­qalar

    23. Dunyo okeani boyliklaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ularni muhofaza qilish, tiklash va ekologik sha- roitini yaxshilash borasida ibratli faoliyat ko‘rsatmoqda.




    1. §. Afrika materigining geografik o‘rni va o‘rganilish tarixi


    1. Download 0.74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling