Geografiya 10 sinf 2017. indd
Download 1.04 Mb.
|
10-sinf Geografiya-WORD
Ritmiklik deb, bir yo‘nalishda rivojlanuvchi tabiiy hodisa va jara- yonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishiga aytiladi. Rit-
miklikning ikki xil shakli ajratiladi: davriylik – bir xil davom etadi- gan ritmiklik bo‘lib, hodisa va jarayonlarning aniq bir vaqt davomida takrorlanib turishi; sikllik – vaqti-vaqti bilan davom etadigan ritmiklik bo‘lib, hodisa va jarayonlarning turli muddatda takrorlanishi. Ritmik hodisalar turlicha davomiylikda bo‘ladi: ko‘p asrlik, asr ichi- dagi, yillik, sutkalik. Yer tarixidagi eng katta ritmiklik (sikllik) Qu- yosh sistemasining galaktika markazi atrofida aylanishi bilan bog‘liq va 180–220 mln yilni o‘z ichiga oladi. Yer tarixida ular tektonik davrlar- da namoyon bo‘lgan: kaledon (kembriy, ordovik, silur), gersin (devon, toshko‘mir, perm), mezozoy (trias, yura, bo‘r), kaynozoy. Bu davrda tektonik harakatlar, vulqon otilishlari faollashadi, materiklarning qiyofa- si, iqlim, oxir oqibatda Yer tabiati o‘zgarishini keltirib chiqaradi.
Turli kengliklarda har xil miqdordagi fasllar ajratiladi. Ekvatorial kengliklarda yil bo‘yi issiq va nam, faqat bitta fasl hukmron. Subekva- torial kengliklarda 2 ta fasl ajratiladi – quruq va nam. Mo‘tadil keng- liklarda yilning to‘rt fasli aniq ifodalangan – bahor, yoz, kuz va qish. Fasliy ritmiklikning sababi turli kengliklarda turlicha: quyi keng- liklarda namlik bilan, mo‘tadil kenglikda quyosh radiatsiyasi faolligi- ning o‘zgarishi bilan, qutbiy kengliklarda esa yorug‘lik bilan bog‘liq.
Ritmiklik geografik qobiq rivojlanishining muhim qonuniyatlaridan biri bo‘lib, ularni o‘rganish tabiiy hodisa va jarayonlarni prognoz qi- lishda muhim ahamiyatga ega. Geografik qobiq, geografik qobiqning tarkibiy tuzilish darajalari, geografik qo- biqning xususiyatlari, bir butunlik, ritmiklik, modda va energiya almashinishi. Geografik qobiq qanday tuzilgan? Geografik qobiqning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering. Geografik qobiqning bir butunligi deganda nimani tushunasiz? Sutkalik ritmik hodisalarni kuzating va daftaringizga yozing. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling