Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet40/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

rasm. «Qirqqiz» tabiat yodgorligi

biiy resurslardan foydalanish murak-

kab tadbirlar tizimi bo‘lib, ularni oqilona tashkil etish uchun quyidagi geografik-ekologik tamoyillarga amal qilinadi.

Geotizimlarda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ekologik mu- vozanat tamoyiliga ko‘ra, har bir tabiiy chegaralangan hududda jonli va jonsiz tabiat orasida shunday teng munosabat mavjudki, bunda ular bir-biri bilan muayyan tabiiy muvozanatda bo‘ladi. Lekin, ulardan biri- ning tashqi ta’sir natijasida buzilishi uzoq muddatli muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. Ekologik muvozanat tabiatda juda ham mo‘rt bo‘lib, ko‘p hollarda o‘simlik olamining qashshoqlanishi, suv maromi- ning buzilishi va tuproq qoplamining yemirilishi bilan bog‘liq.

Ekologik muvozanat barqarorligi geotizimlarning qaysi taksonomik pog‘onadaligiga bog‘liq. Masalan, ekologik muvozanat landshaftda joy- ga nisbatan, joyda esa urochishega nisbatan, urochisheda esa fatsiyaga nisbatan barqaror hisoblanadi.



Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyiliga asosan ishlab chiqarish jarayonida va kundalik turmushda vujudga kelayotgan turli chiqindilarni atrof-muhitga tashlashdan oldin ularni tozalab, butun- lay zararsizlantirish lozim. Ushbu tamoyilning amaliyotga tatbiq etilishi ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasal- lik keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchi manbalarni yo‘qotish va shu kabi ekologik muammolarning oldini olishda yuqori samara beradi.

Tabiiy resurslardan me’yorga yarasha foydalanish tamoyili tabiiy resurslarning ma’lum miqdorga egaligi, ularning o‘z miqdori va foy- dalanish me’yori mavjud ekanligiga asoslanadi. Ushbu me’yorga amal qilmaslik ularning qashshoqlanishi va ifloslanishiga, modda va energiya almashinuvining buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada geotizimlarning ekologik muvozanati buzilib, o‘zgarishiga olib keladi, tabiiy resurslar- dan foydalanish jarayonini murakkablashtiradi, sun’iy taqchilliklarga sabab bo‘ladi. Masalan, dehqonchilikda suvdan ortiqcha foydalanish tog‘oldi va yuqori terrasa landshaftlarida eroziya, suffoziya, karst, su- rilma kabi tabiiy geografik jarayonlarni tezlashtiradi yoki yuzaga kelti- radi. Quyi terrasalardagi landshaftlarda esa suv tanqisligi, botqoqlanish, flora va faunaning kamayishi kabi ko‘plab ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Axborotning to‘liqligi tamoyili. Geotizimlarning xususiyatlari va rivojlanishi haqida mutlaqo ishonchli, ilmiy asoslangan ma’lumotga ega bo‘lmasdan, uni o‘zlashtirishga urinib, osongina zarar keltirish mum-

kin. Geotizimlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, amalga oshirilgan tadbirlar oqibatida tabiatda muayyan o‘zgarishlar ro‘y beradi, tabiatning aks ta’siri unga bo‘lgan ta’sir hajmidan bir necha barobar oshib ketishi mumkin. Masalan, Orol va Orolbo‘yidagi ekologik va ij- timoiy-iqtisodiy muammolar.



Xilma-xillikning zarurligi tamoyili. Tabiatni muhofaza qilish va tabiat- dan foydalanish tadbirlarini qo‘llayotganda turli usullar, ayniqsa, biologik xilma-xillikga, asosan, mahalliy elementlarga katta e’tibor berish ke- rak. Chunki, o‘simliklar eroziya, sel, ko‘chki kabi jarayonlarning oldini olishda va geotizimlarning barqarorligini ta’minlashda eng muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, antropogen landshaftlar bir xil ekinlardan iborat bo‘lib qolsa (masalan, paxta, sholi, bug‘doy, makkajo‘xori) ob-havodagi ozgina o‘zgarish yoki ayrim kasallik va zararkunandalar bunday land- shaftlarni birdaniga xarob qilishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishda bunday holatlarni hisobga olish zarur.

Tabiatni muhofaza qilish, alohida muhofaza etiladigan hududlar, milliy bog‘, qo‘riqxona, biosfera rezervati, buyurtmaxona, tabiat yodgorligi.




  1. Tabiatni muhofaza qilish deganda nima tushuniladi?

  2. Tabiatni muhofaza qilishning qanday shakllari bor?

  3. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlarida qanday geografik-ekologik tamoyillarga amal qilinadi?

  4. Respublikamizdagi alohida muhofaza etiladigan hududlardan birontasi haqida ax- borot tayyorlang.





Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling