Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI


Download 1.04 Mb.
bet36/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

12-§. TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI


Aholining tez ko‘payishi va fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Bu ta’sir ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Shu tufayli tabiatni muhofaza qilish, inson uchun qulay ekologik muhitni saqlash va tabiiy resurslar- dan oqilona foydalanish – eng dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda.

Tabiatni muhofaza qilish deganda, tabiatni insoniyat manfaatlarini ko‘zlab saqlashga va ongli ravishda o‘zgartirishga, uning mahsuldorli- gini saqlab qolishga, hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratil- gan barcha turdagi tadbirlar tushuniladi. Bu tadbirlar davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Tabiatni muhofaza qilishning eng asosiy masalalari – atrof-muhit if- loslanishining oldini olish va barcha turdagi tabiiy resurslar: suv, yer, iqlim, o‘simlik, hayvonot resurslari hamda qazilma boyliklardan oqilo- na va isrof qilmay foydalanish.

Tabiatni muhofaza qilishning ikki xil yo‘li mavjud. Birinchisi, alohi- da muhofaza etiladigan hududlar ajratilib, u yerdagi tabiiy landshaftlar yoki noyob tabiat yodgorliklarini saqlab qolish, ayrim turdagi o‘sim- lik va hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish tadbirlari amalga oshiriladi. Ikkinchisi, keng qamrovli bo‘lib, tabiatni undan xo‘jalik maqsadlarida foydalanish jarayonida muhofaza qilishni o‘z ichiga oladi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling