Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet35/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

5-jadval


Antropogen landshaftlarning turlari



Antropogen landshaft sinflari

Antropogen landshaft turlari

1

Qishloq xo‘jalik landshaftlari

Dehqonchilik, bog‘dorchilik, o‘tloq-yaylov, aralash.

2

Sanoat landshaftlari

Karyer va tashlamalar, terrikonlar, psevdokarst va boshq.

3

Chiziqli-yo‘l landshaftlari

Avtomobil yo‘llari, temiryo‘llar, neft va gaz quvurlari va boshq.

4

O‘rmon antropogen landshaftlari

Daraxtzorlar (ihotazorlar), kesilgan o‘rmonlar o‘rnidagi ikkilamchi o‘rmonlar va boshq.

5

Suv antropogen landshaftlari

Suvomborlar, kanallar, ko‘llar, baliqchilik hovuzlari va boshq.

6

Rekreatsion landshaftlar

Sanatoriylar, dam olish maskanlari atrofidagi bog‘-daraxtzorlar va boshq.

7

Seliteb landshaftlar

Shaharlar, qishloqlar

8

Belligerativ (lot. velligero – urush)

Qo‘riqchilik tepalari, himoya qo‘rg‘onlari, devorlar, qal’alar, xandaqlar, okoplar va boshq.

A. G. Isachenko antropogen ta’sir oqibatida geotizimlarning qay darajada o‘zgarganligini asos qilib oladi va barcha antropogen land- shaftlarni 4 guruhga ajratadi:

  1. Shartli o‘zgartirilmagan (ibtidoiy landshaftlar). Ular bevosita in- son ta’siriga va xo‘jalikdagi faoliyatiga duchor bo‘lmagan landshaft- lardir. Ularda inson faoliyatining kuchsiz va bilvosita ta’siri izlarinigina payqash mumkin, xolos. Masalan, baland tog‘lardagi qor-muzliklar va o‘rmonlar, qo‘riqxonalar, va h.k.

  2. Kuchsiz o‘zgartirilgan landshaftlar. Bular, asosan, inson faoliyati- ning ekstensiv (ovchilik, baliqchilik kabi) xili ta’siriga duchor bo‘lgan landshaftlar. Bunday landshaftlarda inson faoliyati ayrim komponentlar- gagina ta’sir etib, tabiiy aloqadorliklar hali buzilmagan va avvalgi o‘z holatini tiklab olishi mumkin;

  3. Kuchli o‘zgartirilgan (buzilgan) landshaftlar. Bu guruhdagi land- shaftlar, asosan, inson faoliyatining jadal ta’sirida o‘zgargan landshaft- lardir. Ularning ko‘p komponentlari o‘zgarib, landshaftlar tuzilishining sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan. Masalan, karyerlar, konchilik sanoati chiqindilari uyumlari va h.k.

  4. Madaniy landshaftlar. Tuzilishi inson tomonidan jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona o‘zgartirilgan landshaftlar. Ma- salan, sifatli ishlov berilayotgan bog‘lar, paxtazorlar, plantatsiyalar va h.k.




  1. rasm. a) Vohalar – madaniy landshaftlar. b) Karyerlar –buzilgan yerlar

Antropogen landshaftlar haqida so‘z borganda madaniy va bu- zilgan landshaftlar atamalari ko‘p ishlatiladi. Madaniy landshaft

– jamiyat manfaatlarini ko‘zlab xususiyatlari inson tomonidan ilmiy asosda va oqilona o‘zgartirilgan landshaftlar. Ularga quyidagi eng muhim ikki sifat xos: 1) odamlarning yashashi uchun qulay, sog‘lig‘ini saqlashi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga yordam beradigan muhit;



  1. yuqori mahsuldorlik va iqtisodiy samaradorlik. Bunda inson tomoni- dan landshaftlarning ichki imkoniyatini rivojlantirish, tabiiy jarayonlarni faollashtirish va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy maqsad bo‘ladi. Respublikamizda uzoq yillardan buyon o‘zlashtirilib, obodon- lashtirib kelinayotgan vohalar – madaniy landshaftlardir (4 a-rasm). Vo- halarda atrofdagi cho‘l yoki tog‘ geotizimlariga nisbatan aholi yashashi uchun ekologik muhit qulay, xo‘jalik faoliyati esa bir necha barobar samaralidir. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin: Respublika aholisining qariyb 9/10 qismi vohalarda yashaydi. Sug‘oriladigan yerlar respublika- miz yer fondining 1/10 qismini tashkil etgani holda qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning qariyb 9/10 qismini beradi.

Buzilgan landshaftlar bu umumiy tushuncha bo‘lib, aslida, landshaft- lar biron tabiiy yoki antropogen ta’sirlar natijasida to‘liq buzilishga uchramaydi. Balki ularning tarkibiy qismlari – biron komponenti yoki ayrim qismlarida kuchli o‘zgarish, buzilish ro‘y beradi. Shuning uchun “buzilgan yerlar” deb ifodalangani ma’qul. Buzilgan yerlar – inson faoliyati va tabiiy jarayonlar oqibatida xo‘jalik qiymatini yo‘qotgan, ya- roqsiz yoki kam yaroqli holga kelgan, tuproq-o‘simlik qoplamining va gidrologik rejimining o‘zgarishi, texnogen relyefning vujudga keltirilishi munosabati bilan atrof-muhitga salbiy ta’sir manbayi bo‘lgan, yoqim- siz manzarali hududlar. Ular tuproq, suv, havoning ifloslanish manbayi

hisoblanadi, odamlarning yashash va mehnat faoliyati muhitini murak- kablashtiradi. Bunday yerlar, ko‘pincha, insonning tabiatga nooqilona ta’siri natijasida vujudga keladi. Ekin dalalaridagi jarlar, suvomborlari yonidagi botqoqlar, konchilik sanoati hududlaridagi surilmalar, o‘piri- lishlar va tashlamalar, chiqindixonalar va h.k. (4 b-rasm). Ularni qay- ta tiklash ishlariga juda katta mablag‘ talab qilinadi. Respublikamizda hozirgi paytda bunday yerlarda yaylovlar, bog‘lar, ko‘llar, rekreatsiya maskanlari barpo etilib, xo‘jalikda foydalanilmoqda.

Antropogen omilning tabiatga bo‘ladigan ta’sirining bir ko‘rinishi texnika ta’siri bo‘lib, texnikaning tabiat bilan o‘zaro tutashib ketishi natijasida yaxlit tabiiy-texnik tizimlar vujudga keladi. Ularni fanda ge- otextizimlar deb yuritiladi. Geotextizim tabiiy-texnik tizimlarning alo- hida o‘ziga xos geografik xili; texnika va tabiat, yoki tabiiy va texnik kichik tizimlarning uyg‘unligi tushuniladi va tizimning bir butunligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Geotextizimlarga misol tariqasida suvomborlari, yirik kanallar, sug‘oriladigan ekin maydonlari, turli xil zavod va fabrikalar, ular joy- lashgan landshaftlar hamda yon atrofdagi o‘zaro aloqada bo‘lishi mum- kin bo‘lgan landshaftlarni aytish mumkin.

Geotextizimlarda ularning texnik qismida ro‘y beradigan jarayonlar bilan landshaftda yuz beradigan jarayonlar o‘zaro jadal kirishib ket- gan bo‘ladi. Masalan, sug‘orib dehqonchilik qilinadigan landshaftlar- da o‘simlik, tuproq kabi komponentlarning xususiyatlari texnika yor- damida inson tomonidan belgilanib, sozlanib turiladi. O‘z navbatida, sug‘orish tizimining rejimi esa landshaftning holati bilan belgilanadi, ya’ni boshqariladigan geotextizimdagi aloqadorliklar to‘g‘ri va teskari aloqalar yordamida hosil bo‘ladi. Bunday hollarda texnika yordamida boshqariladigan obyekt sifatida landshaftning biotik komponentlari, suv va hokazolar xizmat qiladi. Buni respublikamizdagi ko‘plab kanallar yoki suvomborlar misolida ko‘rish mumkin.

Geotextizimlar faqat kanallar yoki suvomborlardagina emas, balki yirik sanoat obyektlari atrofida ham shakllanishi mumkin. Bunday geo- textizimlarda kichik tizimlar sifatida tabiat, ya’ni landshaft bilan sanoat obyekti o‘zaro aloqa va ta’sirda bo‘ladi. Asosiy aloqalar esa yana suv yoki havo orqali amalga oshadi. Geotextizimlarning texnika qismi vazi- fasini turli xil issiqlik elektr stansiyalari, tog‘-kon metallurgiya kombi- natlari, yirik qazilma konlar va boshqalar bajarishi mumkin.



Antropogen ta’sir, antropogen landshaft, antropogen landshaftlarning turlari, madaniy landshaftlar, buzilgan yerlar, geotextizimlar.


    1. Inson tabiatga nima uchun ta’sir ko‘rsatadi?

    2. Antropogen landshaftlarning qanday turlarini bilasiz?

    3. Madaniy landshaftlar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak?

    4. O‘zingiz yashab turgan joyingizdagi geotextizimlarni tavsiflab daftaringizga yozing.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling