Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet38/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Biosfera rezervati (lot. rezervo – saqlayman) – biologik xilma-xillikni saqlashni va bir vaqtda mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’min- lash maqsadida tabiiy va madaniy landshaftlar muhofaza qilinadigan joy.

Biosfera rezervati konsepsiyasi UNESKO tomonidan «Inson va biosfera» dasturi doirasida ishlab chiqilgan. Birinchi biosfera hududlari 1976-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda biosfera rezervatlari 411 ta bo‘lib, 97 mam- lakatga tegishli. Xalqaro mezonlarga ko‘ra, biosfera rezervatlari hududi uchta zonaga ajratiladi: qo‘riqlanadigan zona, bufer zona va oraliq zona. Respublikamizda Quyi Amudaryo biosfera rezervati tashkil etilgan.

Buyurtmaxona – ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki suv havzasi. Ularning hududida ayrim tabiiy resurslar- dan foydalanishga, tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoli- yatiga ruxsat beriladi. Qo‘riqxonalardan farq qilib, buyurtmaxonalarning maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurtmaxonalar ko‘pincha ovchilik xo‘ja- liklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘pay- tirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayot- gan turlarning o‘rtacha soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtmaxona yana ov qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik, zoologik, geologik, ixtiologik, ornitologik va boshqa xil buyurt- maxonalar tashkil qilinmoqda.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling