Sanoat inqilobi davri – jamiyatning o‘z moddiy va ma’naviy eh- tiyojlarini qondirish maqsadida tabiatdan ayovsiz foydalanadigan hayot tarzi. Bu davr XVIII asrdan boshlangan bo‘lib, asosiy xususiyatlari: 1784 yil bug‘ mashinasining yaratilishi bilan “sanoat inqilobi”, XX asr- ning o‘rtalarida esa – “Yashil inqilob”, ya’ni qishloq xo‘jaligida tub
burilish amalga oshirildi va bu “inqilob”lar keyinchalik geotizimlarda ekologik tanglikni keltirib chiqardi; inson eng asosiy “geologik kuch”- ga aylandi; regional miqyosdagi geoekologik muammolar tarkib topdi; tabiiy muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatildi (4-jadval). Jamiyatning tabiatga ta’siri kuchaydi. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o‘zgara boshlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli boshqa qit’alar ham o‘zlashtirila boshladi. Sanoat rivojlangani sayin jamiyatning tabiatga ta’siri ham or- tib bordi. Jamiyatning ehtiyojini qondirish, turmush darajasini ko‘tarish, kun sayin ortib borayotgan harbiy xarajatlarni qoplash maqsadida tabiat bag‘ridan uning boyliklari ayovsiz, pala-partish «yulib olindi». Bu davr ko‘pgina mamlakatlarda hozir ham davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |