Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi. Yer tabiati. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar


-MAVZU: XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI VA MUAMMOLARI


Download 0.73 Mb.
bet19/33
Sana10.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1764839
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
geografiya dars rejasi

5-MAVZU: XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI VA MUAMMOLARI.

Aholi migratsiyasiga iqtisodiy, oilaviy, etnik, diniy, siyosiy, ekologik (tabiiy) kabi omillar sabab bo‘ladi. Migratsiyalar, asosan, iqtisodiy sabablar, ya’ni muayyan yashash sharoiti va ish o‘rinlarini qidirish bilan bog‘liq. Oilaviy migratsiyalar turli joylarda yashayotgan oila a’zolari-


ning o‘zaro birlashuvi borasida amalga oshadi. Etnik va diniy migratsiyalar deganda, ma’lum millat yoki din vakillarining boshqa davlat yoki hududga ko‘chishi tushuniladi. Siyosiy migratsiyalar urush yoki siyosiy inqiloblar natijasida ro‘y beradi. Ekologik migrantlar tabiiy muhitning buzilishi tufayli yashash hududini tark etadilar. Bundan tashqari, aholi migratsiyalari ixtiyoriy va majburiy, tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan kabi turlarga ham bo‘linadi.
Hozirgi vaqtda eng katta migratsiya to‘lqini rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga tomon yo‘nalgan (8-rasm). Bunda eng ko‘p xorijiy migrantlarni AQSH qabul qiladi. Oxirgi yillarda bu davlatdagi immigrantlar soni 45 mln kishidan oshgani qayd etilgan.
G‘arbiy Yevropa davlatlari orasida esa eng ko‘p immigrantlar Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaga kelgan. Bu davlatlarning har birida 7–10 mln immigrant yashamoqda. G‘arbiy Yevropaga immigrantlar ning asosiy qismi Janubi-g‘arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Afrika hamda Sharqiy Yevropa davlatlaridan bormoqdalar. Boshqa rivojlangan davlatlardan Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Isroil va JAR ko‘plab xorijiy migrantlarni qabul qilmoqda. Shunday ekan, barcha rivojlangan davlatlarda migratsiya saldosi (balansi) musbat hisoblanadi.Aksariyat qismi manf y migratsiya balansiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ham yirik migratsion oqimlar vujudga kelgan.


6-MAVZU: DUNYONING GEOSIYOSIY TIZIMI VA UNING SHAKLLANISHI.
JAHONDAGI ZAMONAVIY GEOSIYOSIY VAZIYAT.
DAVLATLARNING INTEGRATSION UYUSHMALARI.


DUNYONING GEOSIYOSIY TIZIMI VA UNING SHAKLLANISHI

Geosiyosat fani, asosan, uch xil ilmiy yondashuv ta’sirida rivojlangan. Sivilizatsion yondashuv tarafdorlari insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik imperiyalar emas, balki turli madaniy-diniy jamoalar – sivilizatsiyalar rivojlantiradi degan fi krni bildiradilar. N. Y. Danilevskiy, K. N. Leontyev, P. N. Savitskiy, L. N. Gumilyov, A.Toynbi, S. Xantington kabilar ushbu oqim g‘oyalari rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Garvard universiteti professori S. Xantingtonning 1993-yil chop etilgan “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” deb nomlangan kitobida XXI asrning asosiy munozarali to‘qnashuvlar negizi bo‘lib iqtisod yoki mafkura emas, balki sivilizatsiyalar chegaralari kesishgan hududlar hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi. Harbiy-strategik yondashuv tarafdorlari N. Makiavelli, K. fon Klauzes, X. I. Moltke, A. Mexen, D. A. Milyutin kabilar dengizbo‘yi davlatlarining tarixi geografik o‘rni, qirg‘oq chegara chiziqlarining uzunligi va ko‘rinishi, istiqomat qiluvchi aholi soni hamda ularga xos bo‘lgan xususiyat kabi omillar ta’sirida shakllanadi degan fikrni bildirganlar.


Mazkur oqim vakillarining g‘oyalari umumiy holda dengizbo‘yi davlatlarining kontinental (quruqlik ichkarisidagi) davlatlarga nisbatan jahon siyosiy sahnasida yetakchilikka erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan, harakatlar yo‘nalishini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘lgan, deb hisoblash mumkin. Geografi k determinizm geosiyosatda mavjud bo‘lgan eng qadimiy yondashuv hisoblanadi. Ushbu g‘oya tarafdorlari tabiiy muhit (iqlim, tuproq, daryo, dengiz va b.) jahon tarixi hamda insonlar hayot tarziga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydilar. Bu fi krlar qadimiy dunyo olimlaridan Gerodot, Gippokrat, Polibiy, Aristotel kabilar tomonidan shakllantirilgan, keyinchalik uning rivojlanishida J. Baden, Sh. Monteskye, A. fon Gumboldt kabilarning xizmatlari katta bo‘lgan. Ular tomonidan ko‘rsatib berilgan tabiiy muhit unsurlari orasida aynan iqlim insonlar atvorining shakllanishi va davlatlarda mavjud siyosat xususiyatlarni yuzaga kelishida sababchi bo‘lgan asosiy omil sifatida qaralgan.
Geosiyosat nuqtayi nazaridan insoniyat tarixi turli geosiyosiy davrlarning qat’iy ketma-ketligidan iborat. Dunyo geosiyosiy tizimining shakllanishida Vestfal, Vena, Versal, Potsdam va Belovej davrlarining ahamiyati katta. 1648-yil O‘ttiz yillik urushning tugashi munosabati bilan imzolangan Vestfal shartnomasi Yevropada Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya keyinchalik Angliya, Shvetsiya va Fransiya kabi markazlashgan kuchli davlatlarning jahon siyosiy maydonida hukmronlik qilish uchun o‘zaro kurashga kirishishiga sababchi bo‘lgan. Bu bosqich XIX asrning boshlarigacha davom etgan.1814-yil sentabr – 1815-yil iyun oylarida fransuz inqilobi yuz berishi va Napoleon armiyasi mag‘lubiyati bilan Yevropada yuzaga kelgan siyosiy holat Vena kongressida o‘rganib chiqilgan va bu jarayon yangi – Vena geosiyosiy davrining boshlanishiga sababchi bo‘lgan. Rossiya, Avstro-Vengriya, Britaniya, Germaniya, Fransiya va Usmoniylar imperiyasining siyosiy mavqelarining ortishi va ular o‘rtasida dunyoni bo‘lib olishga bo‘lgan siyosiy raqobatning kuchayishi; XIX asr oxirlarida AQSH va Germaniyaning iqtisodiy jihatdan tez sur’atlar bilan rivojlanishi; Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiyaning siyosiy jihatdan birlashuvi natijasida Uchlar ittifoqining yuzaga kelishi; Fransiya, Angliya va Rossiyaning esa Antanta ittifoqiga birlashuvi; ikki ittifoq o‘rtasida yuzaga kelgan Birinchi jahon urushining Uchlar ittifoqi mag‘lubiyati bilan tugashi bu davrning muhim geosiyosiy voqeliklari hisoblanadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling