Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi. Yer tabiati. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar


Download 0.73 Mb.
bet1/33
Sana10.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1764839
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
geografiya dars rejasi


1-MAVZU: KIRISH. GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA.
GEOGRAFIYA FANINING TARIXI VA HOZIRGI DAVRDAGI RIVOJLANISHI.
YER TABIATI. YER YUZI TABIATI RIVOJLANISHINING FAZOVIY OMILLARI.
YERNING ICHKI TUZILISHI VA TEKTONIK JARAYONLAR.
YER YUZI TABIATINING RIVOJLANISH TARIXI.

Ma’lumki, geografiya fani ikkita yirik tarmoq – tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaga bo‘linadi. Birinchisi geografik qobiq, u n in g komponentlari va Yer yuzidagi geotizimlarni tadqiq etsa, ikkinchisi dunyo, uning mintaqa va mamlakatlari, shahar va qishloqlari miqyosida aholi, uning yashash tarzi va madaniyati, ishlab chiqarish sohalari, siyosiy voqea-hodisalarni o‘rganadiYuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, geografiy ya hozirgi davrda maqsad va vazifalari, o‘rganish obyekti va predmeti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta fanlardan iborat bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi. Bu fanlar tizimi tarkibida tabiiy geografi k va ijtimoiy (ya’ni, jamiyatni o‘rganuvchi) geografik fan guruhlari ajralib turadi. Shuningdek, jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish chog‘ida qator umumgeografi k mazmun-mohiyatga ega fanlar ham tarkib topgan, masalan, tabiiy resurslar va tabiatdan foydalanish geografi yasi, tibbiy geografi ya (turli hududlarda yashovchi aholining salomatligi va kasallanishi, unga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillarni o‘rganadi). Geografik fanlar tizimida geografi k xaritalarni tuzish va ular bilan ishlashni o‘rganadigan kartografi ya fani alohida o‘rin va ahamiyatga ega.


Geografi k fanlar turkumiga kiruvchi barcha fanlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, umumiy ilmiy va amaliy maqsadlarni ko‘zlagan holda rivojlanmoqda. Turli geografi k fanlar uyg‘unligida Yer yuzi va alohida hududlar haqida yaxlit tasavvur shakllanadi, mamlakat va hududlar rivojlanishining muammo va istiqbollari aniqlanadi, tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Geografiyani o‘rgana boshlagan paytda bu fanning nomi qadimgi yunon tilida “Yerning tasviri” degan lug‘aviy ma’no berishini bilib olgansiz. Lekin hozirgi davr geografl ari turli joylar tabiati, aholisi va xo‘jaligini tasvirlash va tavsifl ash bilan cheklanib qolmasdan, turli tabiiy va ijtimoiy hodisalarning vujudga kelish va hududiy tarqalish qo nuniyatlarini o‘rganadilar, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va ziddiyatlarni atrofl icha tahlil qiladilar, dolzarb ahamiyatli ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘ziga xos sharoit va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar. Zamonaviy geografi ya an’anaviy tasvirlovchi mohiyatdagi “Nima? Qayerda? Qancha?” savollariga javob beruvchi fandan “Nima? Qayerda? Qancha? Nima sababdan? Qanday foydalanish kerak? Yaxshilash uchun nima qilish kerak?” degan savollarga javob topuvchi keng qamrovli nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling