Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi. Yer tabiati. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar


Download 0.73 Mb.
bet14/33
Sana10.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1764839
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
geografiya dars rejasi

GEOGRAFIK BAHOLASH

Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtayi nazaridan qulayligi yoki yaroqliligi o‘rganiladi. Baholash natijasida biror hududning yoki tabiat komponentining dehqonchilik, chorvachilik, dam olish, qurilish va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik qulayligi aniqlanadi.


Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash – geografi k baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin.Geograsik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining ma’lum bir qismini suvombori qurish maqsadida baholash);b) baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘yxatini tuzish;d) o‘rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi holatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar yoki xossalarni o‘rganish va o‘lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag‘irlar qiyaligi, suv sarf, loyqaligi, me’yori va h.k.);e) olingan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish (relyef, geologik tuzilish, suv o‘lchamlari va h.k.);f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suvomborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo‘qmi);g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.
Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko‘ra sifat va miqdor usullaridan foydalaniladi. Sifat ko‘rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab «juda qulay», «qulay», «o‘rtacha qulay», «kamroq qulay», «qulay emas», deb baholanadi.Masalan, tekisliklar yo‘l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho‘llar qulay, to‘lqinsimon tekisliklar o‘rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog‘lar esa qulay emas.
Baholash miqdor usulida sonli ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig‘indisi bo‘lishi shart. Vegetatsiya davrida havoning + 10° C dan yuqori haroratlari yig‘indisi 1000° C gacha bo‘lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli emas, mazkur arpa navi 1000–1400° C da pishadi, 1400–1800° C da esa o‘rta pishar, 1800° C dan oshganda esa eng kechki navlar yetiladi. Ko‘rsatilgan ushbu miqdor ko‘rsatkichlari baholashning ma’lum bonitetli darajalari hisoblanadi.Yer resurslarini baholash. Yer resurslari xo‘jalik jihatdan juda ko‘p maq sadlarda baholanadi. Ayniqsa, dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.Dehqonchilikni amalga oshirish, asosan, relyef, agroiqlimiy resurslar, tuproq sharoiti, yerosti suvlarining joylashishi va xossalarining qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi.Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanishning murakkablik darajalari geotizimlarning xususiyatlariga qarab turlicha bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning tahlili asosida O‘zbekiston geotizimlari murakkablik darajasiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: oddiy, o‘rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab geotizimlar (6-jadval).Oddiy geotizimlarga tog‘oldi prolyuvial tekisliklari va daryo vodiylarining yuqori terrasalari kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati yuqori darajada ta’minlangan bo‘lib, bu suvlarning sathi ko‘tarilmaydi, chunki lyossimon jinslar ostida shag‘al toshlar yotadi. Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay.O‘rtacha murakkablikdagi geotizimlarga konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining yuqori qismlari kiradi

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling