TAKRORLASH DARSI
Darslik va xaritalar asosida o‘z bilimingizni sinab ko‘ring va baholang. Dastlab barcha mavzulardagi tayanch tushuncha va atamalar, savollarga bergan javoblaringiz va topshiriqlar yuzasidan bajargan ishlaringizni eslang va yana bir bor takrorlang.Mustaqil ravishda har bir mavzudan testlar, savollar tuzing va yeching. Bu orqali yakunlovchi test sinovlariga va yozma ishlarga tayyorgarlik ko‘rasiz.Amaliy topshiriqlar yuzasidan bajargan ishlaringizni ham qaytadan ko‘rib chiqing. Bu Sizga amaliy topshiriqlarga oid yozma ishlarni bajarish, geografi k masalalar yechish, yoki yozuvsiz xaritalar bilan ishlashda yordam beradi.Umuman olganda, takrorlash orqali yil mobaynida olgan bilimlaringizni mustahkamlab, ayrim tushunmagan joylaringizni o‘zlashtirib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |