Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi. Yer tabiati. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar
Download 0.73 Mb.
|
geografiya dars rejasi
OKEANIYA DAVLATLARI
Okeaniya Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy maydoni – 1,26 mln kmІ ni tashkil etadi. Mazkur mintaqada 11 mln kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi. Uning tarkibida 40 ga yaqin turli davlat, mamlakat va hududlar mavjud bo‘lib, ularning 13 tasi mustaqil davlat hisoblanadi. Okeaniya siyosiy xartasida 1 federativ davlat (Mikroneziya Federativ shtatlari), 1 ta monarxiya davlati (Tonga) va turli davlatlarning qator mustamlaka hududlari (masalan: Amerika Samoasi, Guam, Kingmen ri$ (AQSH), Pitkern (Buyuk Britaniya), Norfolk, Ashmor va Kartye orollari (Avstraliya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya (Fransiya) va b.) mavjud. Okeaniya davlatlari tarkibiy jihatdan Melaneziya, Polineziya va Mikroneziya mintaqalariga ajratiladi (20-rasm).Relyef xususiyatiga ko‘ra, Okeaniya kontinental, marjon va vulqon kelib chiqishiga ega orollardan tarkib topgan. Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya (orolning sharqiy qismi Okeaniya tarkibiga kiradi), Yangi Kaledoniya kabi yirik orollar kontinental xususiyatga ega. Ular umumiy Okeaniya hududining 87% ni egallaydi. Asosan ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo‘tadil mintaqalar hududida joylashgan. Yog‘in miqdori 1500–4000 mmni, o‘rtacha harorat esa +24° C; +28° C ni tashkil etadi. Yirik tog‘li orollarda qizil, tog‘ laterit, tog‘ o‘tloq, jigarrang qo‘ng‘ir, jigarrang tuproq turlari tarqalgan. Atollarda esa nisbatan past unumli, g‘ovaksimon, suvni o‘zida saqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tuproqlar mavjud. Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Sepik (1126 km), Flay (1050 km), Uaikato (425 km) Okeaniyaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Orollarda mineral resurslardan nikel (Yangi Kaledoniya), neft va gaz (Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya), mis (Papua-Yangi Gvineya), oltin (Papua-Yangi Gvineya, Fidji), fosfat (Nauru), dengiz hudularidagi iqtisodiy zonalarda temir-marganes qotishmalari, kobalt kabilar qazib olinadi.Okeaniya orollari davlatlarining asosiy qismi aholi soni kam bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Aholisi, asosan, avstraloid kichik irqiga mansub polinez, melanez, mikronez va papuaslardan tashkil topgan. Milliy tarkibida turli qabila va urug‘ vakillarining salmog‘i yuqori. Ular papuas va avstronez oilalariga mansub. Lekin, mahalliy tillar deyarli muomalada emas. Asosan, muloqotda ingliz va fransuz tillaridan foydalaniladi. Xristian diniga e’tiqod qiluvchilar salmog‘i yuqori, bundan tashqari, qabilalarda an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor.Tabiiy resurslarga kambag‘alligi, orollararo aloqalarda qiyinchiliklarning mavjudligi, mineral resurslar miqdorining chegaralanganligi, asosiy eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni xalqaro monopoliyalar qo‘l ostida to‘planganligi Okeaniya davlatlari iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Aholining asosiy faoliyat sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Unda eksportbop monokul’tura ekinlari yetishtirish (kokos pal’masi, shakarqamish, ananas, banan, kofe, kakao) asosiy o‘rin tutadi. Okeaniya davlatlari jahon bo‘yicha kopra (quritilgan kokos) eksportining 10%, ananas hosilining 90% ini beradi. Chorvachilik, asosan, yirik orollar hududida rivojlangan. Chorva mollari soni bo‘yicha mintaqa davlatlari orasida Yangi Zelandiya yetakchilik qiladi (21-rasm). Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling