Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi. Yer tabiati. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar


Download 0.73 Mb.
bet15/33
Sana10.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1764839
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
geografiya dars rejasi

GEOGRAFIK PROGNOZ

Geografi k prognoz deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish majmualarining o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berishga aytiladi.Geografi k prognozlar bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Ulardan avvaliga nisbatan yaxshi bo‘lgan bir nechtasi, keyinchalik esa eng maqbul varianti tanlab olinadi va mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajariladi.Geografi k prognozlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun prognozlar muddatiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: operativ prognoz 1 oy muddatga, qisqa muddatli prognoz 1 oydan 1 yilgacha, o‘rta muddatli prognoz 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli prognoz 5 yildan 15 yilgacha, juda uzoq muddatli prognozlar 15 yildan ko‘proq muddat-


ga ishlab chiqiladi.Tabiiy geogra k prognozni amalga oshirish uchun geotizimlar komponentlarining prognozli xossalarini aniqlab olish talab etiladi. Ma’lum bir joyning relyef, tog‘ jinslari, tuproqlari, suvlari, o‘simligi va hayvonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar haqidagi ma’lumotlar tabiiy geografi k prognozlarda ishlatiladi.Geotizimlar komponentlarining tabiiy muhit ifl oslanishini kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat:1. Relyef. Botiqlar texnogen mahsulotlarni (chiqindilarni) to‘plovchidir. Balandliklar esa ularni tarqatib yuboruvchidir. Yonbag‘irlar qiyaligi ularning parchalanish darajasi, zichligi, yerosti suvlarining harakatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin.2. Tog‘ jinslari. Suv o‘tkazadigan, suv o‘tkazmaydigan jinslar, ularning qalinligi tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatadi.3. Suvlar. Ularda erigan organik moddalarning miqdori, yillik oqim miqdori, oqim tezligi muhim ahamiyatga ega. Oqim tezligi qancha yuqori bo‘lsa, ifloslovchi moddalar shuncha tez olib ketila-di. Suvdagi organik moddalar og‘ir metallarning eruvchanligini tezlashtiradi.
4. Tuproqlar. Oksidlanish-qaytarilish, kislotali-ishqorli sharoit. Tuproq ni ifl oslovchi moddalardan o‘z-o‘zini tozalash qobiliyatini belgilab beradi.5. O‘simliklar. Ifloslovchi moddalarni yutadigan o‘simliklar turlari.Mazkur xususiyatlar asosida tabiiy muhitning o‘zgarishini oldindan aytib berish mumkin.
Geografik prognozlar sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy miqyoslarda olib boriladi.Sayyoraviy prognozlar ma’lum bir hududga bog‘lanmagan bo‘lib, geografik qobiq doirasidagi, butun insoiyatga daxldor muammolarga bag‘ishlanadi. Sayyoraviy geografi k prognozlarning asosiy maqsadi insoniyatning kelajakdagi hayotini va Yerni saqlab qolishga qaratilgan muammolarni oldindan prognoz qilishdir. Shuning uchun ham mutaxassis va olimlarning ko‘pchiligi hozirgi paytda butun dunyo miqyosida kelajakda kutilayotgan turli noxush hodisalarni prognoz qilish bilan shug‘ullanadi. Atmosfera havosining ifl os lanishi, ozon qatlamining yupqalanishi, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishi, cho‘llashish jarayoni, gidrosferaning ifl oslanishi va toza ichimlik suvi muammosi shular jumlasidan. Insoniyatning kelajakdagi hayoti yuqoridagi muammolarning qanday prognoz qilinishi va bartaraf etilishiga bog‘liq. Mintaqaviy prognozlar biron mintaqa doirasida bir nechta davlatlarga daxldor muammolarning kelajakdagi o‘zgarishini oldindan asoslab berishga qaratiladi. Jahonning xo‘jaligi yuksak darajada rivoj langan qismlarida jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta keskinlashdi. Buning oqibatida turli xil ekologik muammolar yuzaga keldi, natijada ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar murakkablashdi. Mazkur mintaqalarga O‘rta, Boltiq, Shimoliy, Qora dengizlar, Meksika, Fors qo‘ltiqlari va boshqa joylar kiradi. Ushbu joylarda neft tashilishi, daryolar orqali turli xil zararli moddalarning oqib kelishi, turli sanoat chiqindilarining dengizlarga tashlanishi natijasida tobora ifl oslanib bormoqda. Oqibatda dengiz o‘simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar yetkazilmoqda, dengiz qirg‘oqlarining rekreatsion imkoniyatlari cheklanmoqda va aholining yashash sharoiti yomonlashmoqda.Mahalliy geografi k prognozlar. Ma’lum bir muhandislik inshooti yoki inshootlar guruhining tabiiy muhitga ta’sirini oldindan asoslab berish mahalliy geografik prognoz deb ataladi. Tabiatga ta’sir etadigan muhandislik inshootlari sanoat korxonasi, suvombori, shaxtalar, yo‘llar, aerodromlar, shaharlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Masalan, foydali qazilma koni ochiq usulda qazib olinadigan bo‘lsa, hududda botiq hosil bo‘ladi, tashlamalar vujudga keladi, yerosti suvlari sathi pasayadi, noxush jarayon (surilma, ko‘chki, o‘pirilma)lar rivojlanadi, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi ma’lum joylarda butunlay yo‘qoladi, ma’lum bir joylarda esa katta o‘zgarishlarga uchraydi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling